9-Mavzu: Shaxsiy kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari va ularning vazifasi



Yüklə 60,15 Kb.
səhifə3/3
tarix08.06.2023
ölçüsü60,15 Kb.
#127001
1   2   3
Multimedia - matn, tovushli ma`lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD - ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987 yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD - ROM Conference) bo'lib o'tdi va bu sana video va audioaxborotli to'laqonli multimedianing paydo bo'lishining boshlanishi deb hisoblanadi.



Kompyuterning yanada samarali ishlashini kengaytirish maqsadida ularga qo‘shimcha qurilmalar ulanadi. Qo‘shimcha qurilmalarga quyidagilar kiradi: Sichqoncha; printer; Skaner; plotter; Modem; Kompakt disklar va h.k.
Printer – kompyuterdagi ma'lumotlarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilmadir. printerlarning hozirgi kunda quyidagi turlari mavjud: matritsali, lazerli, siyohli.
Matritsali printerlar - ma'lumotlarni nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Bunday printerlar boshqa printerlarga qaraganda sekinroq ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ularning asosan 28 va 48 ignalilari keng tarqalgan. Ignalar son ko‘pligi printerning yaxshi ekanligidir.
Lazerli printerlar – ma'lumotlarni sifatli chiqarishi va tezligining yuqori ekanligi bilan boshqa ‘rinerlardan ajralib turadi. Uning rangli va rangsiz turlari mavjud. Lazerli printerlarda chop qilish juda qulay bo‘lib, u minutiga 8-15 varaqni ba'zilari esa 40 varaqqacha bo‘lgan ma'lumotlarni chop etishi mumkin. Bu printerning bir kamchiligi – unda ishlatiladigan toner (rang) va katrijning tez almashtirilib turilishidadir.
Siyoqli printerlar – maxsus siyoqlarni purkash yo‘li bilan ishlagandigi uchun lazerli deb ataladi. Bu printerlarning rangli va rangsiz turlari mavud bo‘lib, ularda ma'lumotlarni chop qilish sifati bilan boshqa printerlardan ajralib turadi. Ularning kamchiligi siyoqning tez tamom bo‘lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnli ma'lumotlarni tez, grafik tasvirlarni esa matnga nisbatan sekinroq chop etadi.
Skaner – kompyuterga matnli yoki tasvirli ma'lumotni kirituvchi qurilmadir. Skanerlar belgilarni ham anglaydi, shuning uchun qo‘lyozmalarni ham kompyuterga kiritish mumkin. Buning uchun maxsus dastur bo‘lishi zarur.
Plotter – chizmalarni qog‘ozga chiqaruvchi qurilmadir. plotterlar asosan loyiqachilar, shahar arxitekturasi bilan shuqullanuvchilar kabi mutaxassislarga qulay.
Modem – bu kompyuter va telefon tarmoqi o‘rtasidagi tarjimon hisoblanadi. U telefon tarmoqi orqali kompyuterdagi ma'lumotlarni boshqa bir kompyuterga jo‘natish va qabul qilish imkoniyatini beradi. Modemlarning ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Ichki modem plata ko‘rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o‘rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o‘ynaydi va aloqida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.
Kompakt disk – bu axborot saqlashda qo‘llaniladigan plastik disk bo‘lib, o‘zida katta hajmdagi axborotni saqlay oladi. Kompakt disklarning axborot siqimi 650 Mbayt va undan yuqori bo‘lishi mukin. Hozirda kompakt disklarning bir qancha turlari ishlab chiqilmoqda. Jumladan, CD ROM (Compact Disk Read Only Memory – faqat o‘qish uchun lazerli disk) va CD Writer (yozuvchi) kabi turlaridan hujjatlarning elektron versiyalarini saqlashda bu kabi disklardan unumli foydalanilmoqda.
Disketa – ma'lumotlarni, dasturlarni doimiy saqlash, ayiraboshlash maqsadlarida ishlatiladi. Disketalarning FDD(Floppy Disk Drover-egiluvchan disk qurilmasi) va HD(Hidy density – yuqori zichlik) kabi turlari mavjud bo‘lib, asosan HD tipli disketalardan foydalanilmoqda.
Disketalar axborot sig‘imiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
5.25 dyuymli (133 mm)-bunday disketalarning 180, 360 Kbayt va 1.2, 2 Mbayt axborot sig‘imli turlari mavjud.
3.5 dyuymli (89 mm) –bunday disketalarning 0.72, 1.44, 2 va 2.88 Mbayt axborot sig‘imli turlari mavjud.
Bulardan tashqari yana bir qancha qo‘shimcha qurilmalar mavjud bo‘lib, ularning vazifalari bilan mustaqil tanishishingiz mumkin.
Yüklə 60,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin