20 Halima Xudoyberdiyeva qaysi she'rida chinakam kulish va astoydil yig'lash borasidagi talablarni qo'yadi? A) «Bir o'rim soch tarixi» she'rida
B) «Shunchaki» she'rida
C) «Dorilomon kunlar keldi...» she'rida
D) «Begim, sizni tabiat...» she'rida
12-MAVZU : SHAVKAT RAHMON 1 Dunyo she'riyatidagi yangi va ilg'or tajribalarni o'zbek poeziyasiga kiritish yo'lida izlangan Shavkat Rahmon qaysi atoqli ispan shoirining she'rlarini
o'zbekchaga ag'darib, chop ettiradi? A) Lope de Veganing
B) Federiko Garsia Lorkaning
C) Kalderonning
D) Lafontenning
2 Shavkat Rahmon Ispaniyaga ijodiy safar qilgach, o'zi sevgan atoqli ispan shoirining she'rlarini qaysi nom ostida she'riy kitob holida o'zbek tilida nashr
ettiradi? A) «Uyg'oq tog'lar»
B) «Saylanma»
C) «Rangin lahzalar»
D) «Eng qayg'uli shodlik»
3 Shavkat Rahrhonning vafotidan so'ng nashr etilgan kitobini toping. A) «Uyg'oq tog'lar»
B) «Saylanma»
C) «Rangin lahzalar»
D) «Eng qayg'uli shodlik»
4 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida: «Sevinchdan yig'laydi qiyoqlar», «Chechaklar jilmayar sevinib» ifodalari uchraydi? A) «Baxt so'zi»
B) «Turkiylar»
C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir»
D) «Tong ochar ko'zlarin...»
5 Quyidagi misralar Shavkat Rahmonning qaysi she'ridan olingan? Bu holda buvaklar bo'g'ilib o'lar, qui Bilol ezilib yig'lar falakda... О 'zlarin yondirar borliqdan to 'ygan Badaxshon la'liday asl malaklar. A) «Turkiylar»
B) «Baxt so'zi»
C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir»
D) «Tong ochar ko'zlarin...»
6. Shavkat Rahmon qaysi she'rida: «Qandoq bardosh berib yashayman keyin baxtsiz kimsalarning nigohlariga», - deya yozadi? A) «Baxt so'zi»
B) «Turkiylar»
C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir»
D) «Tong ochar ko'zlarin...»
7. Shavkat Rahmon qaysi she'rida lirik ifodaning ta'sir kuchini oshirish uchun imlo qoidalariga o'zgarish kiritadi, chunonchi, «yetkazib» so'zini
«yetkarib» shaklida ishlatadi va bunda «z» tovushini «r» sonori bilan almashtirish qilinajak ishning zalvorini oshirganday bo'ladi? A) «Turkiylar»
B) «Baxt so'zi»
C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir»
D) «Tong ochar ko'zlarin...»
8 Shavkat Rahmonning qaysi she'rida sevinchdan yig'layotgan qiyoqlar, ovozini qayrayotgan chigirtka va mehnatkashligi bilan dunyoni masxara
qilmoqchi bo'lgan chumoli timsollarida, lirik qahramonning olam hamda odamlar haqidagi murakkab va o'ziga xos qarashlari aks etgan? A) «Tong ochar ko'zlarin...»
B) «Turkiylar»
C) «Jangda o'lgan emas biror bahodir»
D) «Baxt so'zi»