II-qism. Moddalar almashinuvi.
1.Tirik organizmlar tarkibidagi turli tuman kimyoviy moddalarning xilma hil reaksiyalar natijasida doimo o’zgarib turishi … deyiladi.
A. plastik almashinuv B.moddalar almashinuvi C.assimilyatsiya D.oqsil biosintezi
2.Odam hayoti davomida bir yilda qancha kislorodni o’zlashtiradi?
A. 1 tonna B.1,5 tonna C.900 kg D.2 tonna
3.Moddalar almashinuvining 2-nomini toping.
A. assimilyatsiya B.plastik almashinuv C.metabolizm D.fotosintez
4.Odam bir kunda o’rtacha qancha kg suv o’zlashtiradi?
A. 0,86 kg B.0,81 kg C.0,1 kg D.2,1 kg
5.Hayotiy hodisalar asosan … tufayli namoyon bo’ladi? A. katabolizm B.oqsil biosintezi
C.moddalar almashinuvi D.xemosintez
6. … barcha tirik organizmlar uchun universal hisoblanadi? A. yadro B.fotosintez C.xemosintez D.genetik kod
7.Moddalar almashinuvi necha bosqichda amalga oshadi? A. 2 B.3 C.4 D.5
8.Odam bir kunda o’rtacha qancha mineral tuz o’zlashtiradi?
A. 0,86 kg B.0,81 kg C.0,1 kg D.2,1 kg
9.Biologik sintez reksiyalarning to’plami … deyiladi.
A. plastik almashinuv B.assimilyatsiya C.dissimilyatsiya D.A va B
10.Odam istemol qiladigan bir kunlik ozuqaning energiyasi qanchaga teng?
A. 2000 kkal B.3000 kkal
C.4000 kkal D.5000 kkal
11.Moddalar almashinuvining 2 qarama qarshi, lekin o’zaro bog’langan jarayonlarini aniqlang.
A. anabolizm va katabolizm B.assimilyatsiya va dissimilyatsiya
C.oksidlanish va achish D.achish,chirish
12.20 xil aminokislotaning DNK molekulasidagi 4 hil nukleotidlar yordamida ifodalanishi … deyiladi?
A. oqsil almashinuvi B.plastik almashinuv C.genetik kod D.dissimilyatsiya
13.Tirik organizmlar tomonidan moddalarni o’zlashtirishi, yani ozuqani hazm bo’lishi moddalar almashinuvining qaysi bosqichi hisoblanadi?
A. oraliq B.dastlabki C.oxirgi D.anabolizm
14.Odam bir kunda o’rtacha 0,81 kg … o’zlashtiradi? A. kislorod B.suv
C.organik modda D.mineral tuz
15. … jarayonida tirik organizmlarda moddalarning hosil bo’lishi, yani sintezlanish jarayoni kuzatiladi? A. katabolizm B.anabolizm C.oqsil biosintezi D.xemosintez
16.Hujayralarda sodir bo’ladigan jarayonlar … hisoblanadi? A. dastlabki bosqich B.ozirgi bosqich C.oraliq bosqich D.oqsil biosintezi
17.Triplet kod nechta nukleotidni birikishidan hosil bo’ladi? A. 2 B.3 C.4 D.5
18. … jarayonida moddalarning parchalanishi va ularda to’plangan energiyaning parchalanishi kuzatiladi?
A. anabolism B.katabolizm
C.assimilyatsiya D. plastic almashinuv
19.Moddalar almashinuvining ozirgi bosqichida … ?
A. ozuqa moddalar o’zlashtiriladi B.moddalarni parchalanishi kuzatiladi
C.murakkab jarayonlar kuzatiladi D.keraksiz mahsulotlar tashqariga chiqariladi
20.Genetk kodning muhim xususiyati nima hisoblanadi?
A. 1ta tripletga 2ta aminokislotani mos kelishi B.2ta tripletga 1ta aminokislotani mos kelishi
C.3ta tripletga 1ta aminokislotani mos kelishi D.1ta tripletga 1ta aminokislotani mos kelishi
21.Kodlarning umumiy soni qancha?
A. 64 B.65 C.66 D.67
22.Yog’ kislotalardan … bilan reaksiyaga kirishib, yog’larni , moylarni hosil qiladi?
A. asetat kislota B.glitserin
C.xolesterin D.azot asoslari
23. … ga xos bo’lgan biror xususiyatni o’zgarishi moddalar almashinuvi jarayonining o’zgarishiga ham sabab bo’ladi?
A. oqsillar B.uglevodlar C.lipidlar D.yog`lar
24.Odamning genetik kodi mikrorganizmlarnikidan nimasi bilan farq qiladi? A. tuzilishi bilan B.funksiyasi bilan
C.kodonlar soni bilan D.farq qilmaydi
25.20 ta aminokislotani ifodalash uchun … koddan foydalaniladi?
A. 60 B.61 C.64 D.68
26.Oqsil sintezini boshlanishi va tugashini
taminlovchi kodlar soni qancha ?
A. 3 B.2 C.4 D.5
27.Aminokislotalar dastlab nima hisobiga faollashadi?
A. ATF energiyasi B.glikogen hisobiga
C.KF hisobiga D.barchasi
28.Moddalar almashinuvi qaysi moddalar almashinuvi bilan bog’liq bo’lib, agar ularning biror xususiyati o’zgarsa ayni paytda moddalar almashinuvini o’zgarishiga olib boradi?
A. uglevodlar B.oqsillar C.lipidlar D.pigmentlar
29.i –RNK nukleotidning ketma-ketligi DNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligiga mos kelishi … deyiladi?
A. translyatsiya B.komplementar C.regulyatsiya D.replikatsiya
30.Sitoplazmada oqsil sintezlovchi maxsus … hosil bo’ladi?
A. ribosoma va t-RNK B.lizosoma va i-RNK C.ribosoma va i-RNK D.ribosoma va r-RNK
31.Quyidagilardan qaysi biri oqsil sintezida qatnashmaydi?
A. har-xil fermentlar B.ribosoma C.RNK D.barchasi qatnashadi
32.Aminokislota bilan triplet kodni mos kelishini … belgilaydi?
A. ribosoma B.lizosoma C.i-RNK D.t-RNK
33.Azot asoslari → … , →ulardan → nuklein kislotalar shakllanadi?
A. aminokislotalar B.nukleotidlar C.monosaxaridlar D.yog’ kislotalar
34.Provardida (kelajakdA. oqsil fermentlar yordamida hosil bo’ladigan yirik organik molekulalar tuzilishi … bilan aniqlanadi?
A. oqsillardagi aminokislotalar ketma ketligi bilan B.DNK tarkibidagi nukleotidlar ketma ketligi bilan C.RNK tarkibidagi nukleotidlar ketma ketligi bilan D.aniqlab bo’lmaydi
35.Oqsil biosintezi … ning eng muhim shakli?
A. plastik almashinuv B.metabolism
C.energiya almashinuvi D.xemosintez
36.Qaysi RNK oqsil biosintezida ribosomalarga aminokislotalarni tashish vazifasini bajaradi?
A. i-RNK B.t-RNK C.r-RNK D.barchasi
37.Parchalnish reaksiyalarida …. ?
A. energiya sarf bo’ladi
B.energiya ajralib chiqadi
C.oqsil molekulalari hosil bo’ladi
D.yangi moddalar hosil bo’ladi
38.Biosintetik reaksiyalar … asosida farqlanib turadi?
A. har bir individga xos bo’lgan xususiyatlar
B.har bir turga xos xususiyatlar
C.har bir sinfga xos bo’lgan xususiyatlar
D.A va B
39.Oqsil sintezi … da kechadi?
A. sitoplazmada B.ribosomada
C.yadroda D.mitoxondriyada
40. Organizmlarning yashashi, o'zini-o'zi yangilashi, o'ziga o'xshash nasl qoldirishi uchun zarur bo'lgan shartni aniqlang.
A. plastik almashinuv B. dissimilatsiya
C. assimilatsiya D. moddalar almashinuvi