9-sinflar uchun Biologiya fanidan yarim yillik yakuniy nazorat testi
1.Hayotning hujayrasiz shakliga nimalar kiradi?
A. Bakteriyalar. B. Ko‘k – yashil suvo‘tlar. D. Viruslar. E. Zamburug‘lar.
2. Bakteriya viruslari nima deb ataladi?
A. Bakteriofaglar. B. Sianobakteriyalar. D. Mikroblar. E. Mikoriza.
3. Yadrosi shakllanmagan organizmlar nima deb ataladi?
A. Eukariotlar. B. Avtotroflar. D. Prokariotlar. E. Geterotroflar.
4. Bakteriyalarning hujayra qobig’i qanday moddadan iborat?
A. Murein. B. Pektin. D. Xitin. E. Kletchatka.
5. Suyak to‘qimasini hosil qilishda va ularning mustahkamligini ta`minlashda ishtirok etuvchi elementlarni belgilang.
A. Ca, K. B. Na, K. D. Mg, Fe. E. Ca, P.
6. Dipol molekulani aniqlang.
A. Suv. B. Oqsil. D. Lipid. E. Polisaxarid.
7. Tiroksin gormoni tarkibiga kiruvchi mikroelementni aniqlang.
A. Yod. B. Brom. D. Ftor. E. Molibden.
8. Tuzilmalar hosil qiluvchi biopolimerlarni aniqlang.
A. Oqsil, polisaxarid. B. Nuklein kislota, lipid . D. Uglevod, lipid. E. Uglevod, nuklein kislota.
9. Oqsillar gidroliz qilinsa qanday moddalarga parchalanadi?
A. Nukleotdlar. B. Aminokslotalar. D. Fermentlar E. Monosaxarid.
10. Xromoproteinlarga mansub oqsilni aniqlang.
A. Insulin. B. Gemoglobin. D. Lipoprotein. E. Albumin.
11. Uglevodlar tarkibiga qanday elementlar kiradi?
A. C, H2, O2. B. N2, C, H2. D. N2, C, O2. E. H2, O2, S.
12.Katta issiqlik sig’imiga va issiqlikni yaxshi o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganmoddani belgilang.
A.Oqsil B.Lipid D.Suv E.Uglevod.
13.Nomi tarkibidagi vodorod va kislorodning o‘zaro nisbati xuddi suv molekulasiga o‘xshashligdan kelib chiqqan modda?
A.Oqsil B.Uglevod D.Nuklein kislota. E.Moylar
14.Tuganakli o‘simliklardagi zaxira sifatida to‘planadigan uglevodni belgilang.
A. Fruktoza. B.Kraxmal D.Glikogen E. Pektin
15.Uzum shakari deb ataladigan uglevodni toping.
A.Laktoza B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza
16.RNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.
A.Dezoksiriboza. B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza
17.DNK tarkibiga kiruvchi uglevodni belgilang.
A.Dezoksiriboza. B.Glyukoza D.Fruktoza E.Riboza
18. 1g uglevod parchalanganda qancha energiya sarflanadi?
A.19,7 kj. B.39,8kj. C.40kj. D.17,6kj. E.16.8kj.
19. 1g yog’ning to‘liq parchalanishi natijasida qancha energiya ajraladi?
A. 30,6 kj. B.36,7kj. C.39,8kj. D.38,9kj. E36,9kj.
20.Moyli o‘simliklarni aniqlang.
1.Kungaboqar 2.Makkajo‘xori 3.Zig’ir 4.G’o‘za 5.Soya 6.Loviya 7.Kunjut 8.Zaytun 9.Bug’doy
A.1,2,4,6,8,9 B. 1,3,4,5,7,8 C.2,3,5,7,8,9 D.1,3,5,6,8,9 E.1,2,3,4,6,8