Kimyo fanidan 11-sinflar uchun yozma ish savollari 1-masala. 50 ml 0.5 M li kalsiy xlorid eritmasini 0.2 M li natriy karbonat eritmasi bilan to`liq reaksiyaga kirishishi uchun qancha hajm natriy korbanat kerak?
2-masala. Massasi 20 g bo`lgan temir plastinka СuSO4 eritmasiga tushurilda. Plastinka massasi 22 g ga teng bo`lgan vaqtda eritmaga temirning qanday massasi o`tgan?
3-masala. Tabiiy misning 73% Cu va 27% Cu izotoplarining aralashmasidan iborat bo`lsa uning o`rtacha molekulyar massasini aniqlang?
4-masala. Quyidagi oksidlanish qaytarilish reaksiyasini davom ettiring. Koeffisientlar yig`indisini toping?
FeSO4 +KMnO4+H2SO4 =
5-masala. Temir va mis qipig’idan iborat aralashma, suyultirilgan sulfat kislota bilan ta’sirlashganda, 8,96 l gaz ajralib chiqdi. Shunday tarkibdagi aralashmaga konsentrlangan azot kislotasi bilanishlov berilganda, hosil bo’lgan tuzning termik parchalanishi natijasida 11,2 l gaz ajraladi. Misning aralashmadagi foiz ulushini toping.