9-Tajriba mashg`uloti
Sathni avtomatik rostlash tizimini modellash va uni tadqiq qilish
Ishning maqsadi: Avtomatikada asosiy parametr bo`lib hisoblanadigan sathni avtomatik rostlash tizimini o`rganish va uni turg’unlik me`zonlari bo`yicha tekshirish, kompyuterda modelini qurish.
Nazariy ma’lumotlar:
Ishlab chiqarish jarayonida sathni roslash va reglament keltirilgan optimal qiymatda ushlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Sath asosan aralashtirgichlarda, pechlarda, rezervuarlar kabi boshqarish obyektlarida ko`proq rostlash talab qilinadi. Sathni rostlash uchun eng avvalo sathni o`lchovchi datchiklar bilan tanishishimiz kerak bo`ladi. Sath o`lchash datchiklarini bir necha turlari mavjud bo`lib, shulardan gidrostatik sath o`lchovchini ko`rib chiqamiz. Gidrostatik sath o`lchovchining ishlash printsipi sath o`zgarganda hosil bo`ladigan gidrostatik bosim yoki bosimlar farqini o`lchashga asoslangan qurilma. Sathni o`lchash va uni uzoq masofaga pnevmatik uzatib berish uchun membranali differentsial manometr qo`llaniladi.
O`lchanayotgan ob`ektda sath o`zgarsa, gidrostatik bosim o`zgaradi va quyidagi tenglama orqali aniqlanadi.
va shunday bosim bilan menbrananing yuzasiga ta`sir ko`rsatadi. Bu ta`sir natijasida kuch hosil bo`ladi va quyidagicha belgilaniladi.
Xuddi shunday menbrananig ikkinchi tomonidan reglamentda ko`rsatilgan sothdagi gidrostatik bosim va uning ta`sir etuvchi kuchi qo`yiladi.
Bu erda h0 reglamentda keltirilgan sathning qiymati. Bu ikkita kuch membranada taqqoslanadi va farq asosida ishlaydi.
Boshqarish ob`ekti haqida tushuncha.
Aralashtirish jarayoni ishlab chiqarishda reaktsiya ketadigan holatlarda asosan ko`p ishlatiladi. Bunda ikki va undan ortiq kirish maxsulotlarni bitta apparatda aralashtirib ularni ma`lum balandlikda ushlab turish, ishlab chiqaradigan maxsulotning sifati va soni oshadi. Sathni ushlab turish har jihatdan umumiy sistemani turg’unligiga ta`sir etadi. Sath masalan rezervuarlarda sathni ma`lum qiymatdan oshmasligi va ma`lum qimatdan pasaymasligi kerak. Bunining uchun signalizasiya va blakirovka qiymatlari beriladi. Agar sistemada sath oshib ketsa unga keladigan manba klapni yopiladi, aks holda ochilish ro`y beradi.
Sitemani turg’unlikka tekshirish.
Turg’unlikka tekshirish ikki usulda amalga oshiramiz: MATLAB programmasidan foydalangan holda va Mixaylov me`zoniga asosan.
Sitemani turg’unlikka tekshirish uchun undagi ishtirok etgan barcha elementlarni uzatish funktsiyalarini aniqlashimiz va 1- tajriba ishida keltirilga struktur sxemaga quyib sistemani turg’unligini tekshiramiz.
Turg’unlikni Mixaylov me`zoniga asosan tekshirish:
Mixaylovning turg’unlik mezoni o`zining mohiyati jixatdan argumentlar printsipining geometrik tasviridir.
Agar chastota o`zgarganda Mixaylov gadografi haqiqiy musbat o`qdan boshlab koordinata boshi atrofida musbat (soat strelkasiga qarshi) yo`nalishda burchakka burilsa, u holda sistema turg’un bo`ladi (bu erda «n» xarakteristik tenglamaning darajasi).
1-rasmda turg’unlik shartlari uchun Mixaylov gadograflarining ko`rinishlari keltirilgan.
a) sistemaning turg’unlik shartlari; b) sistemaning noturg’unlik shartlari; v) sistemaning turg’unlik chegaralari shartlari uchun Mixaylov gadograflarining ko`rinishlari.
Ish bajarishning tartibi.
1) Barcha bloklarni uzatish funktsiyasini keltirib chiqarish.
2) MATLAB programmasida strukturani tuzish va o`tkinchi jarayon xarakteristikasini olish, uni turg’unlikka tekshirish.
3) Sistemani Mixaylov me`zoni bo`yicha tekshirish.
4) Olingan barcha natijalarni A4 formatda hisobot tayyorlash.
Topshiriq: Sathni avtomatik rostlash tizimini o`rganish va uni turg’unlik me`zonlari bo`yicha tekshirish, kompyuterda modelini qurish.
Dostları ilə paylaş: |