91-variyant Poliamidlar ishlab chiqarish texnologiyasi. Ular asosida olingan polimerlarning xossalari va ekspluatatsiyasi. Poliamidlar


Kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish usullari



Yüklə 80,54 Kb.
səhifə38/40
tarix21.06.2022
ölçüsü80,54 Kb.
#61973
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
91-100

Kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish usullari.

Sanoatda «soda» nomi bilan turli xildagi kimyoviy moddalar: kalsinirlangan soda yoki natriy karbonat Na2CO3 (to‘kma zichligi 0,5 t/m3); shuningdek og‘ir soda deb ataladigan Na2CO3 (to‘kma zichligi 0,9-1,2 t/m3); natriy gidrokarbonat NaHCO3; kristall soda Na2CO3∙10H2O; kaustik soda yoki o‘yuvchi natriy NaOH ishlab chiqariladi. Kalsinirlangan sodadan o‘yuvchi natriy, natriy bikarbonat kabilar ishlab chiqarishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Kalsinirlangan soda A va B markalarda ishlab chiqariladi: oily navda 99,4%, birinchi navda 99,0%, ikkinchi navda esa 98,5-99% Na2CO3 bo‘ladi.Kalsinirlangan soda – oq kukun kristall modda bo‘lib, zichligi 2,53 g/sm3, 854OC da suyuqlanadi. Soda havodagi karbonat angidrid va suv bug‘ini biriktirib olib qisman natriy gidrokarbonatga aylanadi. Natriy karbonat suv bilan bir qator birikmalar: Na2CO3∙10H2O, Na2CO3∙7H2O, Na2CO3∙H2O hosil qiladi. Soda suvda yaxshi eriydi, uning eruvchanligi harorat oshishi bilan ortadi (0 va 100OC haroratda 100 g suvda tegishlicha 6,8 va 44 g eriydi). Soda suvdagi eritmasida kuchli ishqoriy xossani namoyon etadi. Sanoat miqyosida soda olish usuli fransuz vrachi va kimyogari Leblan tomonidan 1791 yilda taklif etilgan. Bu usul bo‘yicha qattiq osh tuzi va sulfat kislotadan olingan natriy sulfat, ohaktosh va ko‘mirni aylanuvchi pechlarda 9501000OC haroratda suyuqlantirish orqali sodali suyuqlanma hosil qilish bilan soda ishlab chiqarilgan:
Na2SO4 + C + CaCO3 = Na2CO3 + CaS + 2CO2
Sodaga bo‘lgan talab o‘sib borganligi sababli uni tejamkor usullarda ishlab chiqarishni taqazo etadi. 1830-yil Angliyada ammiakli usul taklif etiladi. Ammiakli usul bilan soda olish jarayonining jihozlanishini 1861yilda belgiyalik kimyogar-muhandis Ernest Solve taklif etdi. Shu usuldagi birinchi zavod 1863-yilda Belgiyada, so‘ngra boshqa mamlakatlarda quriladi. Solve usulida zavodlarning qurilishi soda ishlab chiqarish sanoatining tez suratda rivojlanishiga olib keladi.

109-variant


  1. Yüklə 80,54 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin