9,10-Ma’ruza. Оtlarda jarayonlarni boshqarish. Reja


Rejalashtirish ko’rsatkichi va algoritmlarga talablar



Yüklə 71 Kb.
səhifə2/3
tarix29.04.2023
ölçüsü71 Kb.
#104712
1   2   3
9,10 - маъруза (1)

Rejalashtirish ko’rsatkichi va algoritmlarga talablar.
Jarayonlarni rejalashtirish xar bir darajasi uchun, xar turli juda ko’p algoritmlarni taklif qilish mumkin. Qaysi algoritmni tanlash, xisoblash tizimi echadigan masalalar va biz rejalashtirishdan foydalanib erishmoqchi bo’lgan maqsadlarimizga bog’liqdir. Bu maqsadlar quyidagilardir.

  • Xaqqoniylik –kompyuter tizimida, xar bir jarayon va topshiriq uchun protsessordan foydalanish vaqtining ma’lum qismi ajratilishiga kafolat berish. YA’ni, bir foydalanuvchi jarayonni xar doim protsessor vaqtini band qilishi va boshqa foydalanuvchi jarayoni bajarilmay turishiga yo’l qo’ymaslik.

  • Samaradorlik –protsessor ish vaqtining xamma 100%ni band qilishga xarakat qilish. Bunda u, bajarishga tayyor jarayonlarni kutib turishi kerak emas. Real xisoblash tizimlarida protsessor yuklanishi 40ta 90%gacha o’zgarib turadi.

  • To’liq foydalanish vaqtining qisqarishi(turn aroid time) –jarayonni starti yoki topshiriqni yuklashga navbat qo’yishi va uni tugallashi orasidagi minimal vaqtni ta’minlash.

  • Kutish vaqtini qisqartirish() –jarayonlarning tayyor xolati va yuklashga navbatni berish vaqtini qisqartirish.

  • Javob berish vaqtini qisqartirish –jarayonning interaktiv tizimlarda foydalanuvchi so’roviga javob berish uchun kerak vaqtini minimallashtirish.

Rejalashtirishning qo’yilgan maqsadlariga bog’liq bo’lmagan xolda, algoritmlar quyidagi xossalarga ega bo’lishi kerak.

  • Aniq bo’lishi kerak, masalan, bitta topshiriq xar doim bir xil vaqda bajarilishi zarur.

  • Minimal xarajatlar bilan bog’liq bo’lishi kerak. Masalan, protsessorning xar bir yuz millisekundiga, jarayon o’zining bajarilishiga qaysi protsessorni olishi mumkinligini aniqlash uchun 200 millisekund kerak bo’lsa, bunday algoritmni qo’llash maqsadga muvofiq emas.

  • Xisoblash tizimi resurslarini bir xil taqsimlash zarur, bunda kam foydalaniladigan resurslarni band qiladigan jarayonlarga imtiyoz berish kerak.

  • Masshtablashtirish xossasiga ega bo’lish, ya’ni yuklama oshganda ishlovchanlik qobiliyatini yo’qotmaslik.

YUqorida keltirilgan maqsad va xossalar bir –biriga qarama –qarshidir. Algoritmni bir kriterist(ko’rsatgich) nuqtasi nazaridan yaxshilasak, ikkinchisi nuqtai –nazaridan xolat yomon tomonga o’zgaradi.

Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin