7-mavzu. M A’ L U M O T N O M A Bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjat ma’lumotnoma deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi.
X i z m a t m a ‘ l u m o t n o m a s i - muassasa faoliyatiga doir voqеa-hodisalarni rasmiy ravishda aks ettiradi va tasdiqlaydi, axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlarning bajarilishi, moddiy-tovar boyliklarining saqlanishi, mеhnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi.
Bunday ma’lumotlarga matn mazmunini ochuvchi sarlavha qo‘yilishi lozim. Masalan: «Kontrakt to‘lov asosida tahsil olayotgan talabalar soni haqida» kabi. Sarlavhadan so‘ng (ba’zan uning tarkibida) xabarga oid sana ko‘rsatiladi. Masalan: «2009- yil 1-oktabrdagi holatga ko‘ra» kabi.
S h a x s i y m a ‘ l u m o t n o m a - muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksar voqеa-hodisalar va holatlarni tasdiqlab bеradigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladigan rasmiy hujjatdir. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagilarga berilishi mumkin:
- muassasa xodimga uning qayеrda, kim bo‘lib va qancha maosh olib ishlashi haqida;
- o‘quvchi va talabaga esa qayеrda o‘qishi haqida;
- fuqarolik holatlari hujjatlarini qayd qilish (FHHQ - ZAGS);
- notarial idoralari hamda fuqarolar yig‘inlari raislari shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida nikoh bo‘lganligi yoki ajralganligi haqida (hujjatlar yo‘qolganda);
- tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida;
- shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida;
- mahalla qo‘mita yig‘inlari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar bеradi.
Shaxsiy ma’lumotnomalar muassasa, idoralar tomonidan fuqarolarning oilaviy yoki ish faoliyatidagi holatlarni tasdiqlovchi hujjat sanaladi. Xizmat ma’lumotnomalaridan farqli ravishda shaxsiy ma’lumotnomalarda ular yo‘llangan idora yoki shaxs nomi ko‘rsatilmaydi. Buning o‘rniga matn so‘ngida ma’lumotnomaning qayerga berilganligi yoziladi. Masalan: «Uy-joydan foydalanish boshqarmasiga taqdim etish uchun berildi» kabi. Asosiy matnda shaxs haqida barcha ma’lumotlar aniq nisbatdagi hozirgi-kelasi zamon fe’l shakli orqali ifodalanishi lozim (Ishlaydi, yashaydi, o‘qiydi kabi).
M A’ L U M O T N O M A
2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta atiza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi.
Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan.
Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan.