37. Shartli reflekslarning tormozlanishiga xos bo’lmagan javobni toping.
A. Shartli reflekslarning tormozlanishi tashqi va ichki bo’ladi B. Tashqi tormozlanish induksion va himoyalanuvchi turlari bor C. Shartli reflekslar shartsiz reflekslar asosida hosil bo’ladi D. Shartli reflekslarning tormozlanishini induksion, himoyalanuvchi, so’nuvchi turlarga bo’linadi
38. Yarimsharlar po’stlog’ining peshona va chakka bo’limlari berilganlardan qaysi birining ixtiyoriy boshqarilishini ta’minlaydi?
A. hissiyotning B. og’zaki nutqning
C. yozma nutqning D. tafakkurni
39. Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po’stlog’ining …… qismi bilan bog’liq.
A. chakka B. ensa C. tepa D. peshona
40. Shartli va shartsiz reflekslarga mos javobni toping.
A. Shartli reflekslar -so’lak ajralishi , yorug’lik ta’sirida ko’z qorachig’ini torayishi , yozish, o’qish
shartsiz reflekslar- nafas olish va chiqarish, tipratikon xavf tug’ilganda yumaloqlanib olishi
B. Shartli reflekslar-yozish, o’qish, bilim olish, limonni ko’rganda so’lak ajralishi, shartsiz reflekslar-tipratikon havf tug’ilganda yumaloqlanib olishi, yo’talish, aksirish C. Shartli refleks- Itga bir necha bor chiroq yoqib ovqat berilganda so’lak ajralishi, qorachiqni qorong’ida kengayayishi , shartsiz refleks- aksirish, yig’lash , yo’talish, kulish
D. Shartli refleks- aksirish, yig’lash, yo’talish, kulish, kasb va hunar o’rganish, shartsiz refleks-chaqaloqni mustaqil nafas olishi, kulishi, yig’lashi