A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022



Yüklə 421,04 Kb.
səhifə39/63
tarix05.05.2023
ölçüsü421,04 Kb.
#108165
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22

Inson huquqlari bo‘yicha kengash (2006-yilgacha - Inson huquqlari bo‘yicha komissiya). Mazkur organ yuqorida ta’kidlaganimizdek, In­son huuquqlari bo‘yicha komissiya shaklida Iqtisodiy va ijtimoiy kengash tomonidan 1946-yilda ta’sis etilgan bo'lib, 53 ta a’zo davlat vakillaridan tashkil topgan. Komissiya o‘z sessiyasini har yili 6 hafta mobaynida o‘tkazgan. Komissiya o‘rganish va tadqiq etish ishlarini olib borgan, inson huquqlari bo‘yicha tavsiyalarni hamda xalqaro hujjatlarning loyihalarini tayyorlagan, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi hamda Iqtisodiy va ijti­moiy kengashning maxsus topshiriqlarini bajargan.
Inson huquqlari Kengash, Iqtisodiy va ijtimoiy kengash hamda BMT Bosh Assambleyasi o‘zlarining har yilgi sessiyalarida inson huquqlarini qo‘pol tarzda va muntazam ravishda buzish hollari bilan bog'liq voqea va amaliyotni muhokama etib boradilar. Agar muayyan bir mamlakatdagi yoki muayyan bir amaliyotdagi ahvol tashvish uyg‘otayotgan bo'lsa, bu organlar mustaqil va xolis ekspertlar guruhi (ishchi guruhi) yoki alohida shaxs (maxsus ma’ruzachi) tomonidan bu borada tekshiruv o'tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ana shu maxsus organlarga Inson huquqlari bo‘yicha kengash va BMT Bosh Assambleyasiga ma’ruzalar taqdim etish va tavsiyalar ishlab chiqishdan tashqari, alohida shaxslar, guruhlar yoki jamoalarning huquqlari buzilgan taqdirda, choralar ko‘rish vakolati ham berilgan. Masalani darhol, sira kechiktirmay o'rganib chiqish va tekshirish talab etiladigan alohida BMTning Inson huquqlari bo'yicha komissiyasi isloh qilinib, 2006-yildan boshlab BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga aylantirilgan. Mazkur Kengash to'g'risida quyida batafsilroq to'xtalib o'tamiz va Kengash faoliyatini to'laroq his qilish uchun Komissiya olib borgan faoliyatni ham tahlil qilib o'tish kerak bo'ladi.
Ba’zi hollarda maxsus ma’ruzachi yoki ishchi guruhi xavf tahdid solayotgan ayrim shaxs, guruh yoki jamoani muhofaza etish maqsadida tegishli hukumatlar bilan hatto bevosita uchrashishi va muloqotga kirishishi mumkin.
Janubiy Afrikada inson huquqlari bo‘yicha maxsus ishchi guruh (1967-yilda tuzilgan) ana shunday dastlabki organ bo’ladi. Mazkur guruh, shuningdek, bosib olingan hududlarning aholisiga nisbatan Isroil harakat-larining inson huquqlariga toalluqli jihatini tekshirish bo‘yicha maxsus qo‘mita (1968-yilda tashkil etilgan) hozirga qadar faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya ayrim mamlakatlarda ta’sis etgan inson huquqlari bo‘yicha maxsus organlar faoliyatini, o‘sha mamlakatlarda inson huquqlari sohasida ahvol yaxshilangach, tugatgan.
1980-yildan keyin Inson huquqlari bo’yicha komissiya inson huquqlarini qo’pol tarzda buzish bilan bog’liq amaliyotni butun jahon miqyosida o’rganish hamda shu munosabat bilan tegishli choralar ko’rish maqsadida bir nechta maxsus organlar ta’sis etgan. Bu organlarga, ta’bir joiz bo’lsa, yo’nalish mavzusiga qarab vakolat berilgan edi. Hozirgi vaqtda shunday guruhlardan ikkitasi ishlab turibdi. Bulaming birinchisi - g’ayri ixtiyoriy ravishda yoki zo’rlik ishlatish natijasida shaxslarning g’oyib bo'lib qolishi to‘g‘risidagi masala bilan va ikkinchisi esa - shaxslami o’zboshimchalik bilan ushlab turish to‘g‘risidagi masala bilan shug’ullanuvchi ishchi guruh.
Yo’nalish mavzusiga qarab ko‘plab maxsus ma'ruzachilar tayinlangan bo'lib, quyidagi masalalar doirasi ularning o’rganish sohasi deb belgilangan edi:

  1. suddan tashqari va o’zboshimchalik bilan hamda lozim darajada sud muhokamasi o’tkazmay turib qatl etishlar to’g’risidagi masalalar bo’yicha;

  2. qiynoqlarga solish hamda muomalada bo'lish va jazolashning boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi turlari bo’yicha;

3) bolalami sotish, bolalar bilan bog’liq fohishabozlik va bolalar
pomografiyasi bo’yicha;

  1. mamlakat ichkarisida ko‘chib yurgan shaxslar to’g’risidagi masala bo’yicha;

  2. diniy murosasizlik bo’yicha;

  3. irqchilik, irqiy kamsitish va ksenofobiya bo’yicha;

  4. fikrlash va so’z erkinligi bo’yicha;

  5. xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini amalga oshirishga qarshilik ko’rsatish vositasi sifatida yollangan kishilardan foydalanish bo’yicha.

Inson huquqlari bo’yicha kengash va BMT Bosh Assambleyasiga yuqorida zikr etib o’tilgan maxsus organlar tomonidan taqdim etiladigan ma’ruzalar ochiq sessiyalarda muhokama qilinadi hamda bu ma’ruzalar shu masalalar yuzasidan Inson huquqlari komissiyasi qaror qabul qilishida asosiy omil bo‘ladi.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya o‘z ishini yanada samaraliroq amalga oshirish uchun 1947-yilda Kamsitishlarning oldini olish va kam son­li millatiarni himoya etish bo’yicha kichik komissiya ta’sis etgan. Bundan ko‘zlangan maqsad o'rganish va tadqiq etish ishlarini Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini inobatga olgan holda olib borish hamda Inson huquqlari bo‘yicha komissiya uchun inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan har qanday shakldagi kamsitishlarning oldini olish, shuningdek, kam sonli millatlarni irqiy, milliy, diniy va til jihatidan himoya etishga oid tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo'lgan'.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya BMT tizimida inson huquqlari bilan shug‘ullanuvchi bosh siyosiy organ hisoblanar edi. Uning vakolatiga inson huquqlariga kiruvchi barcha masalalarni ko‘rib chiqish kirgan. Komis­siya tadqiqotlar o‘tkazish yo‘li bilan standartlarni ishlab chiqish, turli ma­salalar bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qilish, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va kodifikatsiya qilish bilan shug‘ullangan.
Komissiya har yili Jeneva shahrida mart-aprel oylarida bir mart 6 haftalik sessiyaga yig‘ilib turgan. Komissiyaning har bir sessiyasida turli rezolyutsiyalar muhokama qilingan. Ushbu rezolyutsiyalar keyinchalik Bosh Assambleyaga berilishi mumkin bo'lgan. Assambleyada qabul qilinadigan rezolyutsiyalarga solishtirganda, Komissiyaning rezolyutsiyalari ko‘proq va chuqurroq ta’sir ko‘rsatgan. Biroq Bosh Assambleya rezolyutsiyalari nisbatan yuridik kuchli hisoblanadi, chunki ularni ko‘p sonli a’zo-davlatlar qabul qiladi va u BMTning bosh vakolatli organi hisoblangan.
Inson huquqlari bo‘yicha komissiya inson huquqlari sohasini o‘rganish va tadqiq etish ishlarini o‘tkazib, bu sohadagi ishlarni yanada yaxshilash va inson huquqlari va erkinliklarini yanada samaraliroq ta’minlash va himoya qilishga qaratilgan tavsiyalar bergan, axborotlar tarqatgan bo'lsa, 2006-yildan uning o‘rniga tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha kengashga yanada kengroq vakolatlar berildi. Qayd etish kerakki, Inson huquqlari bo‘yicha komissiya Iqtisodiy va ijtimoiy kengash doirasida tashkil etilib, uning topshiriqlarini bajarib kelgan bo'lsa, Inson huquqlari kengashi esa, Bosh Assambleyaning yordamchi organiga aylantirildi. Bu organning vakolati va faoliyati to‘g‘risida quyida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 421,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin