Bolalarning shaxsiy nomulkiy huquqlari Balog’atga yetmaganlarning huquqlari ularning dunyoga kelishi bilan yuzaga keladi. Bular quyidagilar: yashash joyi bilan bog’liq turar joy daxlsizligi huquqi, yozishmalar, telefondagi muloqot, telegraf ma’lumotlarini yoki boshqa shakldagi xabarlarga taaluqli huquq - xat-xabarlarni sir tutish huquqi, Konstitutsiyaning 26- moddasida alohida ta’kidlangan bolaning qiynoqlardan himoya qilinishiga bo‘lgan huquqi, bolalarni shahvoniy ekspluatatsiyaga jalb etilishiga doir masalalarga oid bolaning shahvoniy tajovuzlardan himoya qilinishi huquqi, balog’atga yetmagan shaxslar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olishga tegishli bolaning jinoiy faoliyatga jalb qilishdan himoya qilinish huquqi, bolaning vasiylik va homiylik organlari, prokuror va sud tomonidan himoya qilinish huquqi, ism olish, ma’lum bir davlat fuqaroligiga mansub bo‘lish, xususan, o‘z ota-onasini bilish hamda ularning qo’llab-quvvatlashidan foydalanishiga oid bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo’lgan huquqi va bolaning famiyaliya, ism va otasining ismini olish huquqi. Bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Ularning buzilishiga sababchi bo’lgan shaxslarga nisbatan ma’muriy, jinoiy kabi javobgarlik shakllari qo’llaniladi.
Muhokama uchun savollar: Bolaning mulkiy huquqlarini sanab bering.
Vasiylik yoki homiylik ostidagi bolalarning huquqlari nimalardan iborat?
Voyaga yetmaganlarning huquqlari va ularni ta`lim to’g’risidagi qonun hujjatlarida himoya qilish masalalari haqida ma’lumot bering.
2-mavzu. Bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosati. Reja: 1.Davlat siyosati tushunchasi.
2. Bola huquqlarining kafolatlari.
3. Davlat ijtimoiy standartlari.
4.Bolalari bo’lgan fuqarolar uchun davlat imtiyozlari.
5.Inson huquqlari bo’yicha milliy strategiyasi.