A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105
bioorganik kimyo

Uchlamchi tuzilish 
- polipeptid zanjirdagi bir-biridan 
uzoqlashgan aminkislotalarni fazoviy joylanishi(4-rasm). Ma’lum
darajada 
spiralsimon 
shaklni 
egallagan 
polipeptid 
zanjiri 
chegaralangan hajmda turli usulda taxlanishi mumkin ekan. Ana shu 
taxlanish shakli uchlamchi tuzilish deb ataladi. Yonma-yon 
joylashagan yonaki guruhlarni musbat yoki manfiy zaryadi peptid 
zanjiri tekisliklarini ma’lum bir fazoviy joylanishiga moyillik yoki
3-rasm. Parallel(a) va antiparallel (b) 

-tuzilish.


43 
qarshilik qiladi. Bundan tashqari polipeptid zanjirining bir-biridan 
uzoq, lekin fazoda yaqin joylashgan gidrofob guruhlar vandervaals 
ta’siriga uchrashi ham hisobga olinishi lozim.
Polipeptid zanjirni uni o’rab turgan muhit (erituvchi yoki boshqa yon 
zanjirlar) ta’siriga bog’liq cheklanishlar: 
1) vodorod bog’larini hosil 
bo’lishi 2) gidrofob ta’sirlar 3) ion ta’sirlar 4) disulfid
ko’prikchalarini hosil bo’lishi. Bu barcha cheklanishlar polipeptid 
zanjirni faqat yagona nativ konformasiyaga ya’ni uchlamchi 
tuzilishga ega bo’lishigi olib keladi. 
4-rasm. Sitoxrom C ni kristalldagi fazoviy tuzilishi. 
To’rtlamchi tuzilish 
- oqsil molekulasida har biri globula holatidagi 
alohida polipeptid zanjirlarini o’zaro fazoviy joylanishi(5-rasm). 
Bunday globulalar protomerlar yoki subbirliklar deb yuritiladi. Ular 
orasidagi bog’lanish nokovalent kuchlar hisobiga amalga oshiriladi. 


44 
Bir necha subbirliklar(protomerlar) dan iborat oqsillar oligomerlar
deyiladi. Ko’pchilik oqsil molekulalari bir necha polipeptid 
zanjirlaridan iborat bo’ladi. Ular o’zaro nokovalent (vodorod, 
tuzsimon yoki gidrofob) bog’langan bo’ladi. Demak, bunday
oqsilning har bir molekulasi bir necha subbirlikdan iborat bo’ladi. 
Ular o’zaro bog’lanib oqsilning to’rtlamchi tuzilishini tashkil qiladi. 
Misol sifatida gemoglobin molekulasi keltirilishi mumkin. Uning 
tarkibida to’rtta polipeptid zanjiri mavjud bo’lib, har biri temir atomi 
bilan bog’langan. Uchlamchi va to’rtlamchi tuzilishlar odatda 
globullyar oqsillarga tegishlidir. Fibrillyar oqsillarda fazoviy tuzilish 
darajalari o’rtasidagi chegara ma’lum darajada shartlidir. Polipeptid
5-rasm. Oksigemoglobinning to’rtlamchi tuzilishi.
zanjirining doimiy tuzilishi nativ shaklda aniqlash mumkin bo’lgan, 
standart yoki kanonik konformasiyalarni hosil bo’lishiga olib keladi. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin