12
va molekulyararo o’zaro ta’sirlarini o’rganuvchi; biologiyaga fizika,
kimyo va matematika usullari hamda yo’nalishlarini shahdam kirib
borishni ta’minlovchi yangi bosqich boshlandi. Bu jarayon natijasida
hayotning moddiy asosini o’rganuvchi fanlar asta sekin tirik
materiyani turli darajada o’rganuvchi, turli eksperimental usul va
uslubiy yo’nalishlarga ega yangi yo’nalishlarga bo’linib ketdi.
Organik kimyo, tabiiy birikmalar kimyosi, biokimyo va
molekulyar biologiya fanlari oralarida paydo bo’lgan fan bu
bioorganik kimyodir. Biokimyo, biofizika va molekulyar biologiya
fanlari bilan bir qatorda bioorganik kimyo fizik - kimyoviy
biologiyani yagona tarmog’ini tashkil etib, uni rivojlanishi hozirgi
zamon tabiatshunosligining eng muhim hodisalaridan biridir.
Bioorganik kimyo fani tirik materiyani muhim tarkibiy
qismlarini tuzilishi va biologik vazifasini, birinchi navbatda
biopolimerlar va quyi molekulyar bioregulyatorlarni o’rganib, asosiy
e’tiborni tuzilish va biologik ta’siri orasidagi qonunyatlarni ochishga
qaratib, zamonaviy biologiyani kimyoviy fundamenti hisoblanadi.
Bioorganik kimyo - biokimyoviy jarayonlarni kimyoviy usul va
yo’nalishlar bilan o’rganadigan fan bo’lib, ko’pchilik holatlarda bu
labarotoriya sharoitida sintez qilib olingan molekulyar modellar
yordamida amalga oshiriladi. Bu esa o’z navbatida biologik
sistemadagi bir butun hisoblangan jarayonlarlarni bir-biridan alohida
ko’rib chiqish imkonini beradi.
Tirik dunyo kimyoviy muammolarini hal etib bioorganik kimyo
tibbiyot, qishloq xo’jaligi, sanoatni turli tarmoqlariga amaliy
ahamiyatga ega bo’lgan vositalar olinishini imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: