Qattiq fazali sekvenator . Birinchi marta
R.Laursen tomonidan
taklif etilgan, bu usulda kichik peptidlar ermaydigan tashuvchiga
77
kovalent birikadi. Qattiq fazali sekvenatorda reaksion idish bo’lib,
xromatografik
kolonka hisoblanadi,
uning
tashuvchisi
bilan
tekshirilayotgan peptid kovalent birikkan bo’ladi. Kolonkadan ketma-
ket zarur reagentlar va erituvchilar o’tkaziladi. Peptidni tashuvchiga
birikishi jarayonni belgilovchi bosqichi hisoblanadi. Buning uchun
polistirol va g’ovaksimon shisha asosidagi matritsadan foydalaniladi.
Peptid bilan ta’sirlovchi funksional guruh sifatida odatda tashuvchi
bilan turli uzunlikdagi “oyoqcha” bilan bog’langan alifatik yoki
aromatik aminoguruhdan foydalaniladi.
oxirgi qoldiq sifatida
gomoserin laktoniga ega reaksion qobiliyati yuqori bo’lgan bromsian
peptidlar osonlik bilan immobillanishi mumkin. Gomoserin qoldig’ini
to’liq ravishda laktonga aylanishi uchun ular oldindan triftorsirka
kislota bilan ishlov beriladi. Gomoserin laktonini tashuvchi
aminoguruhlari bilan kondensatlanishi 60-100% unum bilan bilan
qo’shimcha reaksiyalarsiz boradi. O’z tarkibida lizinga ega peptidlar
tashuvchi bilan
-aminoguruhlarini N-fenilizotiotsianat bilan bilan
kondensatlanishi hisobiga birikadilar. Bunda peptidni
oxirgi
qoldig’idagi
-aminoguruhi ham tashuvchi bilan bog’langan bo’ladi.
Ammo degradatsiyalanishni birinchi bosqichidan so’ng ikkinchi
aminokislotani
- aminoguruhi erkin holatga kelib, jarayon o’z
usuladi davom etadi. Bu usul orqali aminoetilttsistein va arginin
tutuvchi peptidlarni ham tekshirish mumkin. Arginin gidrazinoliz
yordamida orinitinga aylantirib olinadi. Gidrazinoliz qattq sharoitlarda
(
, 64%-li gidrazin, 10 minut) borib, birikish reaksiyasini unumi
30-55% ni tashkil etadi. Tsisteinga ega peptidlarni maxsus
tashuvchiga kovalent birikishi tioldisulfid almashinish reaksiyasi
orqali amalga oshiriladi. Peptidni immobillash umumiy tarzda
oxirgi karboksil guruhi bo’yicha amalga oshiriladi.
Kondensirlovchi agentlar sifatida suvda eruvchan karbodiimidlardan
(masalan,
-etil-
-dimetil-aminopropilkarbodiimid) foydalaniladi.
Odatda peptidni
-aminoguruhi dastlab oson uziladigan uchlam-
butoksikarbonil yoki
guruh bilan himoyalanadi.Yuqorida zikr
etilgani
usullardan
farqli
ravishda
karbodiimid
orqali
kondensatlanishda unum 0-90% gacha bo’lishi mumkin.Tashuvchiga
78
eng oson o’z tarkibida argininga ega qisqa peptidlar birikadi. Qattiq
fazali sekvenator yordamida 5-40 aminokislota qoldiqlariga ega
peptidlarni tekshirishda yaxshi natijalarga erishish mumkin.