A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Asosiy vositalam i turkumlash va baholash



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

11.2. Asosiy vositalam i turkumlash va baholash
Asosiy vositalami guruhlarga ajratishda asosiy e ’tibor ulaming 
natural-moddiy tarkibiga qaratiladi. M ehnat vositalarining bu turi 
natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi.64
11.1-rasm. 
Asosiy vositalam ing natural-moddiy
tarkibiga ko‘ra turkumi
Yemi obodonlashtirish - yem i obodonlashtirish uchun sarf sifatida 
yemi yangidan o ‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli 
transport vositalariga o ‘tish va to'xtash joylarini barpo etish, to ‘siqlar va
64 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 818-page
319


obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini 
obodonlashtirishga taalluqli xarajatlar ham hisoblanadi.
Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga 
ega b o‘lib, ishlab chiqarish binolari, sexlar, ustaxonalar, boshqarma 
binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, 
m a’m uriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan 
obyektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan 
ulam ing 
ichidagi 
kommunikatsiya 
vositalari 
(isitish, 
yoritish, 
shamollatish, suv-gaz ta ’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va 
yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va 
signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar 
tarkibiga kiritiladi.
Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o ‘zgartirmagan 
holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy 
vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli 
noishlab 
chiqarish vazifalarini 
o ‘taydigan obyektlar hisoblanib, 
inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta y o ila ri, avtomobil 
yo‘llari, yo ‘laklar, ko ‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish 
chiroqlari, plyajlar, to ‘g ‘onlar va boshqalar hisobga olinadi.
Uzatuvchi 
m oslamalar 
sifatida 
mashina-dvigateldan 
ish 
mashinalariga 
elektr, 
issiqlik, 
mexanik 
energiyani 
uzatishga, 
shuningdek, suyuq va gazsimon moddalami bir obyektdan boshqa 
obyektga yetkazib berishga xizmat qiladigan, energiya va axborotlami 
yetkazishda tugallangan funksional qurilmalar (elektr uzatish yo‘llari, 
quvur yo'llari, issiqlik va g£iz tarm og‘i hamda boshqalar) tan olinadi.
M ashina va uskunalar o ‘z navbatida, kuch mashina va uskunalari, 
ish mashina va uskunalari, o ‘lchov va rostlash asboblari, kompyuterlar 
va hisoblash texnikalari hamda boshqa mashina va uskunalar 
guruhlaridan tarkib topadi.
Kuch mashina va uskunalari sifatida elektr va issiqlik quvvatlarini 
ishlab chiqaradigan yoki turli k o ‘rinishdagi quvvat (energiya)ni mexanik 
harakat quvvatiga aylantirib beradigan generator-mashinalar, dvigatel 
mashinalar 
(qozonxonalar, 
bug‘ 
dvigatellari, 
turbinalar, 
kuch 
transformatorlari va boshqalar) hisobda aks ettiriladi.
320


Ish mashinalari va uskunalari ishlov beriladigan mehnat buyumlari 
va vositalariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa yo‘sinda 
texnologik ta’sir ko‘rsatishga, ulami ishlab chiqarish jarayonida 
qo‘zg‘atish, qazib olish, eritish, tayyorlashga xizmat qiladigan 
qurilmalar (dastgohlar, sex uskunalari, kompressorlar, nasoslar, elektr va 
gaz payvandlagichlar, apparatlar, agregatlar)dir.
0 ‘lchov va rostlash asboblari foydalaniladigan texnik ishlardagi 
turli parametr (ko‘rsatkich)lami o ich ash , ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarish, xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlar sifatini 
tekshirish, namlik darajasi, shovqin ta ’siri va boshqalami o ‘lchashda 
ishlatiladi. Ularga manometrlar, tarozilar, mikroskoplar, dispetcherlik 
nazorati va boshqalar kiradi.
Mebel va ofis jihozlari - idora (ofis) ishlarini va xo ‘jalikni 
yuritishda zamr bo‘lgan idoradagi divan, krovat va boshqalardir.
Kompyuter uskunalari va hisoblash texnikasi m a’lumotlami 
elektron hisoblash mashinalarida qayta ishlash, saqlash, uzatish, 
o ‘zgartirishga m o‘ljallangan vositalar b o iib , ular kompyuterlar, 
printerlar, nusxa ko‘chirish vositalari, yozuv mashinalari va boshqa 
kompyuter vositalari hisoblanadi;
Transport vositalari - kishilami hamda yuklami va turli 
maqsadlardagi buyumlami tashishga m o‘ljallangan harakat vositalari: 
temir yo ‘l, suv, havo transporti harakati tarkibi, shahar transporti 
harakati 
tarkibi 
(metropoliten 
vagonlari, 
tramvay), 
avtomobil, 
kommunal transporti va muhim neft quvur y o ‘llaridir.
Ishchi hayvonlarga har bir etilgan ot, ho‘kiz, tuya, bug‘ular, 
mahsuldor hayvonlarga esa sigir, buqa, qo ‘y, qo ‘chqor, echki, cho‘chqa 
kabilar kiritilib, har biri alohida inventar obyekti sifatida hisobda aks 
ettiriladi.
K o‘p yillik daraxtlar alohida xiyobon, park, bog‘dagi miqdori va 
yoshidan qat’iy nazar ekilgan daraxtlar guruhi hisoblanib, ular ikkiga: 
mevali va manzarali daraxtlarga g u m h lanad i.
Boshqa asosiy vositalarga kutubxona fondlari, musiqa asboblari, 
sport inventarlari va boshqalar kiradi.
321


Konservatsiyalangan asosiy vositalar - hukumat idoralarining 
qarorlari asosida zaxiraga o ‘tkazilgan va konservatsiyalangan asosiy 
vositalar. Qurilishi tugallanmagan obyektlami va asosiy fondlami 
konservatsiyalash va konservatsiyalashdan chiqarish tartibi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-avgustdagi 397-son 
maxsus qarori bilan tasdiqlangan.
11,2-rasm. 

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin