A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b


kirish rivojlanish turg‘unlik tushish vaqt



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə10/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

kirish rivojlanish turg‘unlik tushish vaqt




  1. Bozorga kirish bosqichi: Yangi taqdim qilingan mahsulot yoki xizmat bozorga kiritiladi. Bu yerda eng ahamiyatlisi, mahsulotning bozorga mosligi, raqobat vositasi orqali talabni yaratish, xalq bilan munosabatlar va sotishni tashkil qilish harakatlaridir. Iste’moldagi mahsulot yoki xizmat bozorda o‘zining ishonchini kutadi. Shunday qilib, turli xil imkoniyatlarni o‘rganish, kapital qarorlarini berishni bilish kerakdir.

  2. Rivojlanish bosqichi: Bu bosqichda sotishlar kutilmagan darajada ko‘payadi. Yana bu davrda raqobat hodisasi o‘zini ko‘rsatadi yoki taqlidchilar o‘xshash mahsulotlarni bozorga kiritadilar. Agar mahsulot bozorda saqlanib tura olsa juda tez rivojlanish bo‘ladi, tannarx va sotish mahsulotlarda yuqori bo‘lib, bozor to‘lqinlaridan ta’sirlanadi. Yangi xaridor guruhlari belgilanadi. Turistik muassasalarga to‘g‘ridan - to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan turoperatorlar yangi agentliklar bilan hamkorlikda seminar va banketlar tashkil etiladigan bosqichdir.

  3. Saqlanish bosqichi: Turistik mahsulot va xizmatlarni sotish tezligi sekinlashgan bosqichdir. Yangi iste’molchi topish asosiy hisoblanmaydi. Ular uchun eng ahamiyatlisi bozordan yetarli bir ulush olishdir. Qo‘lga kiritgani bozor bo‘limini imkon qadar muhofaza qilish uchun harakat qiladilar. Bu bosqichda turizm muassasalari, har bir mahsulotning yaxshi sotilgani va muddatli bo‘lishini tushinadilar. Mahsulotlar o‘zini oqlamagan taqdirda bozordan chekilish tahlikasi bilan yuzlashadi. Sotish narxi asosan 3 ta omil sababli pasayishni ko‘rsatadi;

a) ishlab chiqarish yoki boshqarish texnikalarining foydanalishih va sotish hajmining ortishi oqibatida biror xona yoki ovqatning qiymat tannarxlaridagi kamayish;
b) o‘xshash xizmatlar uchun bozorda narx yaratishni tashkil qilgan raqiblarning paydo bo‘lishi;
v) muassasaning o‘rnashgan yeriga, nomiga ahamiyat bergan xaridorlar mexanizmining kengayishi.
Saqlanish bosqichi, mehmonxona sektori uchun yetarlicha uzoq muddatli bo‘la oladi, faqat texnologik rivojlanishlar ta’sirchan rol o‘ynay oladi. Xaridorlar ko‘pincha shinam, komfortli va texnologik yangiliklari bo‘lgan turistik muassasalarni va mahsulotlarni ma‘qul ko‘radilar.

  1. Tushish davri: Sotishlarning kuzatilgan darajada tushishga boshlagan davrdir, yangi xizmat va mahsulotlarning bozorga kirgani va raqobatning bo‘lgani bosqichidir. Xaridorlar mavjud mahsulotni tark qilishni boshlaydi.

Tushish bosqichini tijoriy foyda olishning kamaygani bir bosqich deyish noto‘g‘ridir. Chunki korxona, ma’lum bir muddat yana oldingi xaridorlarini muhofaza qilib bir yo‘sinda davom eta oladi. Bozorga ilk kirish va yoyilish bosqichida yomon bir boshlang‘ich, mahsulotning kelajagini tahlikaga qo‘yadi.

  1. Turistik mahsulotning baholanishi

Turistik mahsulotning sotilishida rol o‘ynagan eng ahamiyatli omillardan biri mahsulotning narxidir. Turizm marketingida narx asosiy omil bo‘lib eng ta’sir qiluvchi va strategik o‘zgaruvchidir. Narx omili xususan o‘rta tabaqa turistlar tomonidan kuzatilgan hodisadir. Xaridorlarning ko‘pchiligi quyidagi sabablar tufayli narx o‘zgarishlariga qarshi juda ta‘sirchan bo‘ladilar.

  1. Turli masofalar orasida yoki bir xil masofalardagi turli xizmatlar o‘rtasida paydo bo‘lgan raqobat yuzasidan.

  2. kam daromadli xalq mexanizmlarining turistik iste’molchiga yetishadigan harakatlaridan narx farqlari ko‘paymoqdadir.

Turizm sektorida ko‘rilgan turli xizmat va mahsulotlar natijasida narx omili sotib olish omillaridan keyin ikkinchi o‘ringa tushishni boshlagan. Chunki turistlarning kutishlari va zavq olish hislari oldindadir. Biror mehmonxonaning narxini bilmasdan turib, turist xonani majburan sotib olish majburiyatiga ega emasdir. Boshqa arzon mehmonxonaning mijozi ayni vaqtda ma’lumot olishni ham xohlaydi. Yetarli ma’lumotni olgandan keyin narx-sifat farqliligini qiladi. Turistik mahsulotni sotish narxining belgilanishi kelgusidagi sotish va foyda olish tartibining tavsiya qilinishiga imkon beradi. Faqat turistik mahsulotning aralash xususiyatda bo‘lganligi uchun narxning belgilanishi juda ko‘p omillarga bog‘liqdir. Turistik mahsulotning narxini belgilash tartibini quyidagicha izohlaymiz:

  • turistik korxonalarda mahsulotlarga narx belgilashdan avval mavjud bozorning tuzilishi va raqobat shartlarining oldindan belgilanishi kerakdir;

  • turistik mahsulotlar geografik joylashishiga qarab bir-biridan farq qiladi;

  • turizm sohasida bozorning tuzilmasi raqobatbardosh va monopolistik bozorlardan tashkil topadi;

  • turistik korxonalarda narxlar doimo bir xil bo‘lmaydi. Talab ko‘p bo‘lgan davrlarda narxlar yuqori bo‘ladi, talab kam bo‘lganda narxlar past bo‘ladi.

  1. Narx belgilashga ta’sir qiluvchi omillar

о
Turizm sohasida narx belgilashga quyidagi omillar ta’sir qiladi.

  1. Tannarxlar. Ishlab chiqarish tannarxi sotish narxini belgilashda asosiy rol o‘ynaydi. Tannarxlar 2 shaklda hisoblanadi: barqaror va o‘zgaruvchan. Barqaror tannarxning to‘g‘ri bir shaklda hisoblanishi oson bo‘lganligi uchun turistik korxonalardagi o‘zgaruvchan tannarxlar ahamiyatli o‘rin tutadi va hisoblanishi ham qiyindir.

  2. Korxonaning o‘rni va joylashgan yeri. Turistik mahsulot joylashgan yerning bozorgacha bo‘lgan masofasi, tabiiy va ijtimoiy muhiti, tarixiy va madaniy yaqinligi korxonaning narxlariga ta’sir qilmoqda. Samarqand, Buxoro va Xivadagi mehmonxonalar bilan Toshkentdagi mehmonxonalar orasida farqli narxlar qo‘llaniladi.

  3. Bozordagi raqiblarning narxlari. Bir turistik mahsulotning narxi, bozordagi mavjud bo‘lgan o‘xshash mahsulot va xizmatlarning narxlariga mos bo‘lishi kerakdir. Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning xususiyatiga va farqlariga ko‘ra korxonalar bozor narxidan past yoki yuqori narxni tavsiya qiladilar. Yangi bir mahsulotning bozorga ilk kirishida asosan boshqa mahsulotlarga qaraganda past narx qo‘yadilar. Bozor narxidan yuqori narx belgilagan korxonalar, mahsulotlarning o‘xshash mahsulotlardan farqli sifati va xususiyatlarga ega bo‘lishini yaratishga majburdir.

  4. Iste’molchining xususiyatlari - talabning xususiyatlari. Iste’molchilar turizm xizmatlaridan faqat o‘z budjetlariga mos bo‘lgan miqdorda foydalanadilar. Agar narx yuqori bo‘lsa u mahsulotlarga bo‘lgan talab

O

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin