A. Abduvohidov, F. Qutlimurotov. Turizm iqtisodi. Darslik. Tdiu, 2011 y. 127 b



Yüklə 264,14 Kb.
səhifə6/27
tarix05.05.2023
ölçüsü264,14 Kb.
#108103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Turizm iqtisodi. Abduvohidov A.M. Dars 2011.

Birinchi bosqich (o‘z ichiga 1992 - yilni oladi). Ushbu bosqich respublikamizda milliy turizmning dastlabki shakllantirilishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda turizm infratuzilmasida yetakchi hisoblangan “Oz‘bekturizm” Milliy Kompaniyasiga asos solindi.
Ikkinchi bosqich (1993-1995 - yillar). Bunda turizmning milliy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu bosqich turistik xizmatlar ko‘rsatish hajmining oshib borishi bilan birgalikda yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmat ko‘rsatishni yaxshilash, turizmning moddiy-texnika bazasini kengaytirish, boshqaruvning tashkiliy tizimini takomillashtirish va boshqa shu kabi vazifalar bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarni yuzaga keltirdiki, ularni faqatgina “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi doirasida hal etish imkoni bo‘lmay qoldi. Kompaniya turistik operatorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish maqsadida Germaniya (Frankfurt-Mayn), Angliya (London), AQSh (Nyu-York), Birlashgan Arab Amirliklari (Sharja) va Rossiya (Moskva) kabi mamlakatlarda o‘zining vakolatxonalarini ochdi.
Uchinchi bosqich (1995-1997 - yillar). Bunda turistik xizmatlar sohasida xususiylashtirish jarayoni boshlandi. 1996 yilning boshlarida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi tizimidagi turistik obyektlar umumiy miqdorining 90% ga yaqini davlat tasarrufidan chiqarildi.
To‘rtinchi bosqich (o‘z ichiga 1998 - yilni oladi). Bu bosqichda eksport salohiyatini oshirish, valyuta, turistlar, investitsiyalarning barqaror oqimini ta’minlash uchun imkoniyat yaratildi. Respublikada milliy turizmni jahon andozalari darajasida shakllantirish, turizmga bilvosita tegishli bo‘lgan xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini, xususan, turistlarni xorijdan kutib oladigan chegara, bojxona va aeroport xizmatlarini qayta shakllantirish boshlandi.
Beshinchi bosqich (1999 - yil maydan keyingi davrlar). Ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Turizmni
rivojlantirishning davlat dasturi to‘g‘risidagi» Farmoni nafaqat
Л

Yüklə 264,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin