A avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti rektorining buyrug‘i institutda ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish to‘g‘risida



Yüklə 27,26 Kb.
səhifə1/3
tarix06.06.2023
ölçüsü27,26 Kb.
#125974
  1   2   3
Buyruq konferenciya 17-05-2023


A.AVLONIY NOMIDAGI PEDAGOGLARNI KASBIY RIVOJLANTIRISH VA YANGI METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY-TADQIQOT INSTITUTI REKTORINING BUYRUG‘I


Institutda ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘tkazish to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining
2023-yil 2-maydagi 118-son buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar tomonidan 2023-yilda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu buyruqqa 2-ilova bilan tasdiqlangan 2023-yilda respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasida A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti tomonidan uchta ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi belgilangan.
Mazkur buyruq ijrosini o‘z vaqtida va samarali bajarilishini hamda ilmiy-amaliy anjumanlarni yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Institutda 2023-yil 20-sentyabrda “Xalq ta’limi tizimini samarali boshqarishning demografik omillari” mavzusida, 2023-yil 11-oktabrda “Raqamli ta’lim texnologiyalarining joriy etilishi: muammolar, izlanishlar va yechimlar” mavzusida hamda 2023-yil 16-noyabrda “Boshlang‘ich ta’lim tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanlari (keyingi o‘rinlarda - anjumanlar deb ataladi) o‘tkazilsin.
2. Anjumanlarni tashkil etishga puxta tayyorgarlik ko‘rish, belgilangan muddatlarda, yuqori ilmiy va tashkiliy saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida quyidagilar:
A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarning tashkiliy qo‘mitasi tarkibi (keyingi o‘rinlarda – Tashkiliy qo‘mita) 1-ilovaga;
anjumanlarni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlar (keyingi o‘rinlarda – ishchi guruhlar) tarkibi 2-ilovaga;
anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari smetasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qo‘mitaga:
anjumanlarni puxta tayyorgarlik ko‘rish asosida va belgilangan muddatlarda yuqori ilmiy va tashkiliy saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;
anjumanlarga respublika tashkilotlari, pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni taklif etish;
ishchi guruhlarning anjumanlarni o‘tkazish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
anjumanlar haqidagi axborot xatlari, ma’lumotlar va xatlarni tayyorlanishi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini tashkil qilish vazifalari yuklatilsin.
4. Ishchi guruhlarga:
anjumanlar haqidagi axborot xatlari, ma’lumotlar va xatlarni tayyorlash va Tashkiliy qo‘mitaga taqdim etish;
anjumanlarning dasturini ishlab chiqish;
anjumanda ishtirok etish istagini bildirganlarning tezis va maqolalarini qabul qilish, rasmiylashtirish talablariga mosligini ko‘rib chiqish, tahrirlash va elektron to‘plam shaklida tayyorlash;
anjumanga taklif qilinadigan ma’ruzachilar ro‘yxatini shakllantirish;
anjuman o‘tkaziladigan xonalarni tegishli texnika vositalari va internet aloqasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
anjumanda masofadan turib qatnashadiganlar uchun zarur sharoitni ta’minlash;
anjumanlar haqidagi ma’lumotlarni tayyorlash va institutning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun matbuot kotibiga taqdim etish;
anjuman yakunlanganidan keyin o‘n kun muddatda anjuman ishiga oid hisobot va ma’lumotlar “anjumanlar.uz” maxsus platformasi orqali Innovatsion rivojlanish agentligiga taqdim etish;
anjuman yakunlanganidan keyin bir oy muddatda o‘tkazilgan anjuman materiallari to‘plamini “anjumanlar.uz” maxsus platformasiga joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
5. Buxgalteriya hisobi va marketing bo‘limi (J.Karimov) anjumanlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirsin.
6. Institut matbuot kotibi (M.Djumaniyazova) o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar haqidagi ma’lumotlarni institutning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida o‘z vaqtida yoritib borilishini ta’minlasin.
7. Ushbu buyruqning ijro nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.


Yüklə 27,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin