O‘z-oʻzini baholash – bu shaxsning oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga,
sifatlariga, boshqa odam bilan munosabatdagi oʻzining oʻrniga beradigan bahosidir.
O‘z-oʻzini baholash shaxsning fundamentiga (shaxs strukturasiga) kiradi. U
inson xulq-atvoriga katta ta'sir koʻrsatadi. Insonning atrofdagilar bilan qiladigan
munosabati, munosabatlardagi oʻrni, oʻziga boʻlgan munosabati, qarashi,
qoʻyadigan talablari oʻz-oʻzini baholashga asoslanadi. O‘z-oʻzini baholash
insonning samarali (natijali) faoliyatiga, hamda shaxsning rivojlanishiga xam ta'sir
qiladi. Koʻpincha, qoʻyilgan noreal maqsad-vazifalar, istak-qiziqishlar bilan
odamning real imkoniyatlari orasida nomutanosiblik oʻz-oʻzini baholashning
pasayib ketishga, uning xulqi, xatti-xarakitlari noadekvat (vaziyatga tugri
kelmaydigan) boʻlishiga sabab boʻladi.
O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH TURLARI
Past baholash
Adekvat, real baholash
Yuqori baholash
0
- - -
- - - -
+ + + + + + +
Adekvat, real baholash – odam oʻziga, oʻzining imkoniyatlariga real baho
beradi, oʻzining + va – (kuchli va zaif tomonlarini) biladi. Kerak paytda odam
imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻzining yaxshi tomonlarini koʻrsata oladi,
kamchiliqlarini toʻgʻirlay oladi.
Past baholash – odam koʻproq oʻzining kamchiliklarini koʻradi, oʻzining
sifatlarini pasaytiradi va kamaytiradi, bu koʻproq ichki nizolarga olib kelishi
mumkin.
Yuqori baholash – odam koʻproq oʻzining yutuqlarini koʻradi (ba'zilarini
boʻrttiradi xam), bu koʻproq shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin.
Noadekvat oʻz-oʻzini baholash, hox yuqori, hox past boʻlsin, koʻpincha xulq-
atvordagi oʻzgarishlarga, xissiy zoʻriqishlarga, xavotirlik darajasining koʻpayishiga,
ichki va shaxslararo nizolarga olib kelishi mumkin.
5. MA’LUMOT IDROK QILISH ZANJIRI
Inson ma’lumotni idrok qilishi ma'lum ketma-ketlikda boladi. Bu ketma-ketlik
ma’lumotni idrok qiluvchi bloklar bilan boʻgliq. Ma’lumot birinchi boʻlib His-
tuygʻu blokidan oʻtadi. Shuning uchin ma’lumotni idrok qilish jarayonida, inson
birinch soniyalarda ma'lumotning shakliga, uning QANDAY aytilganiga (yumshoq
yoki qoʻpol, xayrixoh yoki agressiv, teng pozitsiyadan yoki yuqori pozitsiyadan va
hkz) munosabat bildiradi. Keyingi soniyalarda insonning Ongi (aqli) ishtirok etishini
boshlaydi va u ma'lumot mazmuniga, ya'ni NIMA deyilganiga qaraydi. Agar
ma'lumot qiziq boʻlmasa, idrok etuvchi kishi uchun zarur boʻlmasa u uni
eshitmasligi, qabul qilmasligi ham mumkin. Aksincha, agar inson kiruvchi
ma’lumotga qiziqsa, uning zarurligini tushunsa u holda idrok tezroq borishi
mumkin.
Keyingi bosqichda idrok etuvchining shaxsi ishtirok etishni boshlaydi va u
ma’lumot yetkazuvchi, ya'ni KIM gapirganiga munosabat bildira boshlaydi. Agar
ma'ruzachining (ma'lumot beruvchining) imidji ijobiy boʻlsa, u holda tinglovchi
ma'lumotni tezroq, toʻliqroq va ijobiy qabul qilishi mumkin. Ma’lumotni idrok
qilishning bu ketma-ketligi Ma’lumotni idrok qilish zanjiri deb ataladi.
QANDAY? NIMA? KIM?
(ma'lumot shakli) (ma’lumot mazmuni) (ma’lumot yetkazuvchisi)
Agar tinglayotgan, ma'lumot qabul qilayotgan odam ma'lumot beradigan
(taqdim etadigan) odamni yaxshi tanisa, bilsa, u holda axborotni idrok qilish zanjiri
boshqacha, yani oxiridan boʻshiga qarab ishlaydi.
KIM? NIMA? QANDAY?
Samarali muloqot vositalarini bilishi va ulardan foydalana olinishi oʻqituvchiga
qanday yordam berishi mumkin?
Agar oʻqituvchi sinf bilan ishlashda oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini
hisobga olsa, sinf bilan ishlash maqsadlari va oʻquvchilarning holatini hisobga olsa,
ma'lumotni taqdim etishda savodli ketma-ketlikni, verbal va noverbal muloqot
vosintalarini savodli birlashtirsa va ishlatsa u holda bolalar ma’lumotni qabul
qilishlari, darsda faollashishlari sezilarli darajada oshishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. Samarali muloqot vositalarini sanab oʻting.
2. Verbal va noverbal muloqot turlari haqidagi bilimlar oʻqituvchiga nima
berishi mumkin?
3. Samarali muloqotning tashkil etuvchilari va vositalari oʻrtasidagi farq
nimada?
4. Ma’lumotni idrok qilish zanjiri nima va u qanday ishlaydi?
Dostları ilə paylaş: |