1-Mavzu. Psixologik savodxonlik va psixologik sogʻlomlik
Reja:
1. Psixologik savodxonlik va Psixologik sogʻlomlik
tushunchalari va ularning
ta'rifi.
2. Ma'lumot va bilimlar tushunchalari.
3. Shaxsiy va qasbiy o'sish uchun kerak bo'lgan ma'lumot
va bilimlar
(Psixologik savodxonlik).
4. Sifat va vositalar tushunchalari.
5. Shakllangan
shaxsning sifatlari, o'zining
ustida ishlaydigan odamning
ko'rsatkichlari (Psixologik sogʻlomlik).
1. Psixologik savodxonlik va Psixologik sogʻlomlik tushunchalari va
ularning ta'rifi
PSIXOLOGIK SAVODXONLIK - o‘zi haqida, boshqalar haqida, atrofdagi
dunyo va ular o‘rtasidagi munosabatlar haqida bilim va ma’lumotlarning borligi
Agar insonda Psixologik savodxonlik bilan bogʻliq muammolar bo‘lsa,
ko‘pincha quyidagi so‘z va ifodalarni qo‘llaydi:
− Tushunmadim.
− Men bilmas edim.
− Men shunday deb nomlangan deb o‘yladim ...
− Agar men munosabatlarda minimal darajadan pastga (o‘ziga hurmat)
cho‘kmaslik kerakligini va inson, shaxsiy va ijtimoiy jihatdan maksimal darajadan
(boshqalarga hurmatdan) yuqoriga ko‘tarilmasligi
kerakligini bilsam edi, unda
ehtimol bu muammolar bo‘lmasmidi......
Boshqacha
qilib aytganda, Psixologik savodxonlik – o‘zaro
munosabatlar
Subyekti sifatida o‘zi hakida, o‘zgalar haqida munosabatlar obyekti sifatida, Obyekt
va Subyekt to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat(lar) to‘gʻrisida,
insonning
yashash obyektiv realligi va shaxsning dunyo bilan aloqasi to‘gʻrisida ma’lumot va
bilimlar.