A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari
moduli bo‘yicha
“Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash”
o‘quv kursining
“Baholashda qo‘llaniladigan nazorat turlari va shakllari” mavzusidan
ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Qoraboyev Husniddin Kamolovich
Toshkent 2021
Mavzu: Baholashda qo‘llaniladigan nazorat turlari va shakllari.
Reja:
1.
Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha baholash jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar.
2.
O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish usullari.
3.
O‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash
turlari.
Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga
koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida
hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon
tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom
ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan.
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada
erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Dastur bo‘yicha farmativ va
summativ baholashning chegaralari aniqlab berilgan.
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash):
Uyga berilgan vazifalar;
Dars paytida beriladigan topshiriqlar;
Savol-javob;
Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari;
O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish.
Samarali qo‘llanilganda, formativ baholash o‘quvchilarning bilim olish
jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘quvchilarga:
-
ularning rivojlanishini nazorat qilish;
-
o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
-
rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalarini tuzish imkoniyatini beradi.
Shakllantiruvchi baholash norasmiy, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish
kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud. Xulosalovchi (summativ) baholash –
ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so‘ngida erishilgan natijani rasmiy baholash.
Xulosalovchi (summativ) baholash:
❖
Dostları ilə paylaş: |