lug
‘
at tarkibi
yoki
leksika
deyiladi.
Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir.
Leksikologiya lug‘at tarkibidagi so‘zlarning nutqda ma’no ifodalash xususiyati,
qo‘llanish faolligi, boyib borishi, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib
ketishi, ma’no ko‘chish hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya
lug‘at ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi.
Har qanday nutqiy bayon grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga
mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum izchillikda joylashtirilishidan tuziladi.
Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan bo‘lsa, uning nutqi ham shunchalik
boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon etishiga keng imkoniyat yaratiladi.
Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi, harakatchanligi metodikada nutqni
muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili ulkan lug‘at boyligiga ega. Besh jildlik “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati” da 80000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi berilgan bo‘lib,
bular umumiy qo‘llaniladiganlaridir. Bunga o‘zbek tilida nashr etilgan turli
terminologik lug‘atlarda, o‘zbek tili sinonimlari, antonimlari, frazeologik
lug‘atlarida va turli izohli lug‘atlarda berilgan so‘zlar qo‘shilsa, lug‘at boyligi yana
ming-minglab oshadi. Bulardan tashqari, juda ko‘p so‘zlar ko‘p ma’noni bildiradi.
Masalan, shu izohli lug‘atda bosh so‘zining 40 dan ortiq asosiy va frazeologizm
bilan bog‘langan ma’noda ishlatilishi berilgan.
Maktabda nutq o‘stirishning muhim vazifalaridan biri lug‘at ustida ishlashni
yaxshilash, tartibga solish, uning asosiy yo‘nalishlarini ajratish va asoslash,
o‘quvchilarning lug‘atini boyitish jarayonini boshqarish hisoblanadi.
Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasi to‘rt asosiy yo‘nalishni ko‘zda
tutadi:
1. O
‘
quvchilar lug
‘
atini boyitish, ya
’
ni yangi so
‘
zlarni, shuningdek, bolalar
lug
‘
atida bo
‘
lgan ayrim so
‘
zlarning yangi ma’nolarini o
‘
zlashtirish.
2
. O
‘
quvchilar lug
‘
atiga aniqlik kiritish.
Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1)
o‘quvchi puxta o‘zlashtirmagan so‘zlarning ma’nosini to‘liq o‘zlashtirish, ya’ni
shu so‘zlarni matnga kiritish, ma‘nosi yaqin so‘zlarga qiyoslash, antonim tanlash
yo‘llari bilan ularning ma‘nosiga aniqlik kiritish; 2) so‘zning kinoyali ma’nosini,
ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘zlashtirish; 3) so‘zlarning sinonimlarini, sinonim
so‘zlarning ma’no qirralarini o‘zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning
ma’nosini o‘zlashtirish.
3. Lug
‘
atni faollashtirish, ya’ni o
‘
quvchilar ma’nosini tushunadigan, ammo
o
‘
z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug
‘
atidagi so
‘
zlarni faol lug
‘
atiga
o
‘
tkazish.
Buning uchun shu so‘zlar ishtirokida so‘z birikmasi va gaplar tuziladi,
ular o‘qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4.Adabiy tilda ishlatilmaydigan so
‘
zlarni o
‘
quvchilar faol
lug
‘
atidan nofaol lug
‘
atiga o
‘
tkazish.
Bunday so‘zlarga bolalarning nutq muhiti
ta‘sirida o‘zlashib qolgan adabiy til me’yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va
so‘zlashuv tilida qo‘llanadigan sodda so‘z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga
oid so‘zlar kiradi. Adabiy til me’yori degan tushunchani o‘zlashtirgach,
o‘quvchilar yuqorida izohlangan so‘zlar o‘rniga adabiy tildagi so‘zlardan
foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin
shevaga, jargonga oid so‘zlar, so‘zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so‘z va
iboralar o‘quvchilarning faol lug‘atidan chiqib keta boshlaydi.
O‘quvchilar lug‘atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy
asarlar hisoblanadi. Adabiyot darslarida o‘quvchilar Alisher Navoiy, Bobur,
Nodirabegim, Oybek, S.Ahmad, M. SHayxzoda, G‘. G‘ulom, Zulfiya, Uyg‘un,
A.Qahhor, kabi ko‘pgina so‘z ustalarining asarlarini o‘qiydilar. O‘zbek tilini
yuksak badiiy obrazlar yordamida o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarning lug‘ati ma’lum
mavzularga oid so‘zlar hisobiga ham boyiydi. Matn ustida ishlash jarayonida ko‘p
ma’noli so‘zlar, sinonimlar, ko‘chma ma’noda ishlataladigan so‘zlarni, ba’zi
frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
O‘quvchilar mustaqilbadiiy asar o‘qishni boshlaganlaridan keyin ular
lug‘atiga asar materiallari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari
mustaqil o‘qish va unga rahbarlik shakllari o‘quvchilar lug‘atini boyitishning,
nutqini o‘stirishning eng muhim manbalaridan hisoblanadi.
Maxsus mashqlar yordamida grammatika va imloni o‘rganish darslari
ko‘pgina so‘z va atamalarni o‘zlashtirishga yordam beradi, o‘quvchilar predmet,
belgi, harakat, sanoq, tartib ifodalaydigan so‘zlarni bilib oladilar. Bu darslarda
o‘quvchilar lug‘ati tartibga solinadi, so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida
guruhlanadi, so‘z tarkibi, so‘z yasalishi, so‘zlarning o‘zgarishini o‘rganish bilan
esa lug‘atga aniqlik kiritiladi; ular o‘rgangan so‘zlaridan o‘z nutqlarida foydalana
boshlaydilar, natijada lug‘atlari faollashadi. O‘quvchilar lug‘ati maxsus lug‘aviy-
mantiqiy mashqlar yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari, kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari,
o‘qituvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar
xodimlarining nutqlari ham o‘quvchilar lug‘atini boyitish va takomillashtirish
manbalari hisoblanadi.
Lug‘atni boyitishda turli lug‘atlar juda foydali qo‘llanmadir. Yuqori sinf
o‘quvchilari uchun «Imlo lug‘ati» mavjud. O‘qituvchi ma’lumot uchun ham,
material tanlash uchun ham turli lug‘atlardan (o‘zbek tilining sinonimlar,
antonimlar,
frazeologik
lug‘atlaridan,
turli
terminologik
lug‘atlardan)
muvaffaqiyatli foydalanadi.
Adabiyot darslarida nutq o‘stirish
Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog‘liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy
o‘stiriladi. Darsda o‘qilgan asarni o‘quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini,
g‘oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi
mantiqiy usullar qo‘llanadi. O‘qilgan asarni analiz qilishda har xil ish uslublaridan
foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar,
o‘qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o‘quvchilar
har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o‘qituvchi ularni asarda qatnashish
tartibida aytishni so‘raydi. Natijada o‘qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi
tuziladi. O‘qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.
Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o‘quvchilardan ongli
ishlashni, ya’ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini analiz qilishni talab etadi.
O‘qish bilan bog‘liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin
murakkablasha boradi.
Adabiyot darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish vositalaridan biri turli
uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to‘liq, qisqartirib, tanlab va
ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Yuqori sinf o‘quvchilari uchun matnni
to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan
qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan
o‘qituvchining savoli, o‘quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar
o‘rtasidagi bog‘lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar
syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol
o‘ynaydi. O‘quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning
xatti-harakati, xarakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab
yetadilar. O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu
xatti-harakati qaerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga,
voqealarni izchil bayon qilinishga va o‘zaro bog‘liqligini yoritishga yunaltirilishi
lozim.
O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib
berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o‘zaro
bog‘lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama
yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Ko‘pincha o‘quvchilar qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi
tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar
mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab
tuzishi, u bolani fikrlashga, o‘ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning
xatti-harakati, voqealarning bog‘lanishi
yuzasidan muhokama yuritishga
undaydigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga
yordam beradigan bo‘lishi lozim. O‘quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-
harakatini qanchalik aniq ko‘z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini
shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o‘stirish
vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o‘quvchi: 1) o‘qilgan matndan bir
qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so‘zlab beradi; 2) hikoyadan
faqat bir voqeani aytib beradi; 3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo‘nalishida
so‘zlab beradi.
O‘quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga
boshlang‘ich sinf izohli o‘qish darslarida keng qo‘llaniladigan metodik usullar
yordam beradi: 1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash; 2) hikoyadati
bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash; 3) tanlab qayta hikoyalashni
talab etadigan savollarga javob berish.
O‘quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o‘qilgan matnni tahlil
qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o‘stiradi va
o‘qilgan matn mazmunini o‘zlashtirishga yordam beradi.
O‘qilgan hikoyaga rasm chizishda o‘quvchi rassomlar tomonidan chizilgan
rasmlardan o‘qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o‘zi rasm
chizadi. Agar o‘quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o‘zi chizmoqchi bo‘lgan
rasmni og‘zaki tasvirlab beradi, ya’ni so‘z bilan chizadi.
O‘qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo‘llaniladi.
Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda
qo‘llaniladi.
Nazorat uchuntopshiriqlar:
1. Qaysi xotira mashqlari sizga ma’qul keldi?
2. Xotirangizni qanchalik mustahkam deb o‘ylaysiz?
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Ўзбекистон Миллийэнциклопедияси. – Т.: “Ўзбекистон Миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2003. – 5-жилд, 613-бет.
2. Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Т.: “ЎМЭ” Давлат илмий нашриёти,
2006.– 2-жилд, 582-б.
3. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги қонуни.
//Баркамол авлод – Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. – Тошкент:
Шарқ,1997. – 20-бет.
4. Баъзи адабиётларда бу жараён 3 даврга бўлинган. Қаранг:
Ўзбекистон Республикасида умумий ўрта таълим стратегияси муаммолари ва
таълим мазмунининг янги моделлари, уларни татбиқ этиш йўллари/ Р.
Сафарова, У. Мусаев, П. Мусаев, Ф. Юсупова, Р. Нуржанова. – Т.: Фан, 2005.
– 217-218-бетлар.
5. Султонов И. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. 245-бет
6. Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. – Т.:
Ўқитувчи, 1979. 104 - бет.
7. Ҳомидий Ҳ. ва бошқ. Адабиётшунослик терминлари луғати. – Т.:
Ўқитувчи, 1967. 92 - бет. 93 - бет
8. Бошланғич таълим бўйича янгича таҳрирдаги ўқув дастури.
//“Бошланғич таълим”, 2005. – № 5. 26-бет
9. Рамзаева Т.Г., Львов М.Р. Методика обучения русскому языку в
начальных классах. – М.: 1979. 291-292-бетлар.
10. Шоабдураҳмонов Ш. Ўзбек тилида пунктуация. – Тошкент:
ЎзФАН, 1951.
Dostları ilə paylaş: |