A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
8-informatika

11-
dars
. CMS (CONTENT MANAGEMENT SYSTEMS —
KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
Har bir CMS o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli imkoniyatlarga ega. 
Shu sababli, kompaniya ehtiyojlarini qanoatlantiradigan CMS platformani tanlash vaqtida 
uning keng tarqalganligi, narxi bilan bir qatorda quyidagi xususiyatlariga ham e’tibor qaratish 
lozim:
himoyalanganligi;
elementlarni qayta o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi;
funksiyalar to‘plami va imkoniyatlari;
sarlavha, metateglar va reklama uchun muhim bo‘lgan boshqa ma’lumotlar bilan ishlashda 
qulayligi;
sahifalar va semantik URLlar uchun maxsus nomlarni yaratish qobiliyati;
ish unumdorligi;
xatolarni to‘g‘rilash qobiliyati;
sayt xaritasini qo‘llab-quvvatlashi;
sahifalarni qo‘shish va o‘chirishning qulayligi.
ESLAB QOLING
1. Kontent boshqaruv tizimlari nima?
2. Kontent boshqaruv tizimlari nima maqsadda qo‘llaniladi?
3. CMSning afzalliklari nimalardan iborat?
4. CMSda qanday kamchiliklar mavjud?
5. Shablon nima?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Shablon asosida ishlashi.
CMSlar turli moslashuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay, 
shablonlar to‘plamidan tashkil topadi. CMSlarning ba’zilarida shablonlar to‘plami kengroq, 
u yerdan xohlagan g‘oyaga mos dizayn va tuzilmani topish mumkin. Ba’zilarida esa 
shablonlar to‘plami kamligi bois, ijodiy g‘oyani amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirishi 
mumkin. 
Nostandart funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus saytlar yaratishning mushkulligi.
Ammo 
bunday saytlar maxsus kompaniyalar yoki IT-mutaxassislar tomonidan yaratilishi mumkin.


40
III BOB. 
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
12
-dars.
CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
Oxirgi o‘n yillikda zamonaviy saytlar oddiy saytlarga nisbatan 
ancha ilgarilab ketdi. Zamonaviy saytlar bejirim dizayn va 
puxta o‘ylangan reklama usullaridan tashqari, takrorlash 
qiyin bo‘lgan qat’iy funksiyalarni o‘z ichiga olgan sahifalar 
to‘plamidan iborat. Shu sababli, aksariyat foydalanuvchilar 
turli funksiyalarga ega zamonaviy saytni “nol”dan yozishdan 
ko‘ra, ommalashgan CMS platformalardan foydalanishni 
ma’qul ko‘radi.
BUNI BILASIZMI?
CMS platformalari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi 
lozim?
CMS platformalarida qanday ishlash mumkin? 
CMS platformalarida yaratilgan qanday saytlarni bilasiz?
DIQQAT
O‘zini yoki mahsulotini internet orqali reklama qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalarning o‘z 
shaxsiy sayti bo‘lishi zarur. Professional mutaxassislar guruhiga ega ixtisoslashgan 
firmalardan farqli ravishda, aksariyat tashkilotlarda shaxsiy sayt yaratish uchun 
mutaxassislar yetishmaydi. Shu sababli, ular standart funksiyalar to‘plamiga ega CMS 
platformalardan foydalanadilar. CMS platformalar sayt tarkibini materiallar bilan to‘ldirish, 
ularni o‘zgartirish va resurslarni boshqarish, yangi sahifalar yaratish, sayt ko‘rinishi, dizaynini 
optimallashtirish va uning tarkibini yaxshilash imkoniyatlarini beradi.
Saytning ko‘pfunksionalligi, imkoniyatlari, foydalanuvchi uchun qulayligi CMS platformaga 
bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan platforma saytni muvaffaqiyatli yaratish, reklama qilish bilan bir 
qatorda, mijozga zavqli, ishonchli va talab darajasida ishlash imkonini beradi.
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
Yopiq kodli platforma
— 
shifrlangan dasturiy ta’minot. 
Uning tarkibini ko‘rib chiqish, 
tahrirlash, o‘zgartirish, 
unga qo‘shimchalar kiritish 
mumkin emas. 
Plugin 
(plagin) — dasturiy 
ta’minot uchun qo‘shimcha 
ilova. U dastur imkoniyatlarini 
kengaytirish uchun xizmat 
qiladi.
CMS platformalar ikki guruhga bo‘linadi: 

ochiq kodli (bepul tarqatiladigan)
, foydalanuvchi tomonidan ichki kodining o‘zgartirilishiga 
ruxsat beriladigan tizimlar: 
WordPress, Joomla, Drupal, Typo3, OpenCart, Serendipity, Dotclear, 
ImpressPages, Chamilo, Magento, PrestaShop;

yopiq kodli (tijorat maqsadida tarqatiladigan)
, foydalanuvchi tomonidan ichki kodining 
o‘zgartirilishiga ruxsat berilmaydigan tizimlar: 
Shopify, 1С-Битрикс, CS-cart, DataLife Engine, 
BigCommerce , Shop-Script.


41

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin