IV BOB. LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI 20
-dars
. LMS (LEARNING MANAGEMENT SYSTEMS —
TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
LMS INTERFEYSI
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan
o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn
o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi.
Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni
o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa
chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish
uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning
management systems)dan foydalaniladi.
Masofaviy o‘qish
— zamonaviy axborot-kommunikatsiya va
raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi. U o‘quvchiga
ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan
muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan
turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi.
O‘qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv
materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib
borish imkoniyatini yaratadi.
BUNI BILASIZMI?
LMS nima, u haqida nimalarni bilasiz?
LMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Administrator
—
tizimda ishlash va uni
boshqarish uchun keng
huquqlarga ega bo‘lgan
mutaxassis – xodim.
Chat
— axborot
almashish real vaqtda
olib boriladigan
internetdagi muloqot.
Forum
— sayt orqali
muloqot olib borish
shakli. Forumda
suhbatlar foydalanuvchi
yoki administrator
tomonidan kiritilgan
mavzu asosida olib
boriladi.
DIQQAT
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS
—
learning management systems)
— bilim olish
faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza
materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida
ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
Learning
— o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini
yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir.
Management
— boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi)
boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy
vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.