IV BOB.
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
Google Classroom
(https://classroom.google.com/) — ta’lim uchun
mo‘ljallangan platforma bo‘lib, kurs/sinfni yaratish va o‘quvchilarni qo‘shish,
kerakli o‘quv materiallarini kiritish va o‘quvchilarga taqdim etish, o‘quvchilarga
topshiriqlar berish, ularning ishlarini baholash va faoliyatini kuzatib borish,
o‘quvchilar bilan muloqot qilish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Google
Classroomda Googleda akkauntga ega xohlagan foydalanuvchi kurs yaratishi
mumkin.
Moodle
(Modular Object-Oriented Dynamic Learning Environment) (http://
moodle.org/) masofaviy ta’lim olish muhiti hisoblanib, sifatli masofaviy
kurslarni yaratish uchun mo‘ljallangan. Bu dasturiy mahsulot dunyoning 100
dan ziyod mamlakatlarida ishlatiladi. Bepul tarqatiladigan bu dasturiy majmua
o‘zining funksional imkoniyatlari, o‘rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi
qulayligi bilan foydalanuvchilarning ko‘plab talablarini qanoatlantira oladi.
Moodle masofaviy ta’limda o‘qitish jarayonini to‘la qo‘llab-quvvatlash uchun keng doiradagi,
jumladan, o‘quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o‘zlashtirish nazoratini
amalga oshirish kabi imkoniyatlarni beradi.
67
21-
dars
. LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA VAZIFALARI
LearnDash
— ommabop kontent boshqaruv tizimi (CMS)da
sinflar yaratish, ularni boshqarish, o‘zgartirish va nashr etish
imkonini beruvchi ishonchli plagin. Bu plagin WordPress
platformasi tarkibida ishlaydi. Shu sababli, agar ta’lim muassasasi
kompyuteriga WordPress o‘rnatilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda
LearnDash plaginini o‘rnatgan holda o‘quv kurslarini yaratish mumkin.
Plagin bir necha kursni yaratish va ularning tarkibini bitta sinfdan boshqa sinfga nusxalash
imkonini ham beradi. Shuningdek, kontent tarkibidagi funksiyalar yordamida sertifikat hamda
nishonlarni rasmiylashtirish mumkin.
1. LMS platformalari nimaga xizmat qiladi?
2. Bulutli LMS platformalari qanday prinsip asosida ishlaydi?
3. Serverga asoslangan LMS platformalarida o‘quv kurslarining ma’lumotlari qayerda
saqlanadi?
4. CMS bilan integratsiyalashgan LMSlarga misollar keltiring.
5. Bulutli LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, Google Classroom, … .
6. Serverga asoslangan LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, Moodle, … .
7. CMS bilan integratsiyalashgan LMS platformalariga misollar keltiring. Masalan, LearnDash, … .
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
|