28- dars . MOOC PLATFORMALARI TURLARI VA VAZIFALARI MOOC PLATFORMALARI
Coursera
(https://www.coursera.org/) — MOOC platformalarining yuzi
hisoblanadi. Platforma 2012-yilda Stenford universitetining kompyuter fanlari
professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan. Coursera platformasi
birinchilardan bo‘lmasa-da, o‘qitish strategiyasining to‘g‘ri tanlanganligi hamda tijoratga
yo‘naltirilganligi bilan bugungi kunda onlayn ta’limda yetakchiga aylandi. 190 dan ziyod ta’lim
muassasalari professor-o‘qituvchilari mana shu platforma resurslari bilan ishlaydi.
Kurslar:
fizika, muhandislik, tibbiyot, gumanitar fanlar, matematika, biznes, informatika va
boshqalar.
Interfeys tili:
ingliz.
Kurs tili:
ingliz (asosiy) va boshqa tillar, deyarli barcha kurslarda subtitrlar mavjud.
Khan Academy
(https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa MOOClardan
farqli ravishda ta’limga interfaollik va o‘yin texnologiyalarini olib kirgan va o‘z
davrida birinchilardan bo‘lgan mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma
36 dan ortiq tilda (o‘zbek tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar
yaratgan. Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy
olgan. Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi va hozirgi kunda 74 milliondan
ortiq o‘quvchi platformadan foydalanadi. Asosiy jihati shundaki, platformadan maktab fanlari
dasturlari va ko‘plab darslar, shuningdek, farzandlari bilan shug‘ullanishi uchun ota-onalarga
mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalar joy olgan.
Kurslar:
matematika, informatika va dasturlash, fizika, astronomiya, kimyo, moliya, iqtisodiyot,
biologiya, tibbiyot va boshqa fanlar.
Interfeys tili:
bir necha tilda (o‘zbek tili ham mavjud).
Kurs tili:
ingliz va boshqa tillarda. Subtitr mavjud.