I BOB.
SMM — IJTIMOIY MEDIA MARKETING
AMALIY ISH
1. Facebookda ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday ma’lumotlar kerak bo‘ladi?
2. Facebookda do‘stlarni qo‘shishda xavfsizlikka ahamiyat berish kerakmi?
3. Sizningcha, Facebookda shaxsiy xabarlarni nashr etish to‘g‘rimi?
4. Facebook yordamida qanday xabarlarni almashish yoki ulashish mumkin?
1.
Facebook
tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘ting.
2.
Facebook
tarmog‘ida shaxsiy profilingizga rasm o‘rnating va ma’lumotlar kiriting.
3.
Facebook
tarmog‘ida do‘stlaringizni qidirib, ularga so‘rov yuboring.
4.
Facebook
tarmog‘ida birinchi xabaringizni yarating. Yangiliklar tasmasidagi xabarlarga
izoh qoldiring.
5. O‘zbekistonda Siz brend deb hisoblagan kompaniya sahifasini qidirib toping va yangiliklar
tasmasini ko‘rib chiqing. Xabarlar qanday yozilgan, ularga baho bering. Kamchilik va
afzallik tomonlarini aniqlang.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
AMALIY TOPSHIRIQ
Apple
—
Stiv Jobs kompaniyaga uzoq muddatgacha munosib nom topa olmaydi va bir
kuni u, agar munosib nom topilmasa, uni Apple (olma) deb nomlashini aytadi. Shu tariqa
kompaniya uning sevimli mevasi nomini oladi.
Google
—
googol so‘zi lotincha atama bo‘lib, 10 ning 100-darajasi, 100 ta noldan iborat
birlik. Brendni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida xatolik yuzaga kelgan va natijada google
nomini olgan.
Samsung
— koreys tilidan tarjima qilinganda, “3 ta yulduz” ma’nosini beradi.
Instagram —
Instant — “bir lahzada” hamda
Telegram —
“telegramma” so‘zlari birikmasidan
hosil qilingan.
QIZIQARLI FAKT
13
3-
dars
. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
YOUTUBE SAYTI
3-dars. SMM PLATFORMALAR BILAN TANISHISH.
YOUTUBE SAYTI
YouTube, foydalanish oson va qulay bo‘lganligi sababli, tashrif buyuruvchilar
soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2006-yilda YouTube
tarmog‘ini Google kompaniyasi sotib olgan. YouTubeda ro‘yxatdan o‘tmagan
holda ham videoroliklar bilan tanishish va ularni ko‘rish mumkin.
YouTube
saytidan foydalanish uchun
www.youtube.com
rasmiy manziliga kiriladi.
ESLAB QOLING
YouTubedagi videofayl o‘chirilgani bilan, u batamom o‘chmagan bo‘ladi va maxsus
dasturlar yordamida uni ko‘rish mumkin.
YouTube saytida ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish
1.
YouTube
saytida ro‘yxatdan o‘tish uchun
“Sign In”
buyrug‘ini tanlab,
Google
akkauntining login
va paroli bilan kirish mumkin
(1)
. Agar
Google
da akkaunt mavjud bo‘lmasa, u holda
“Create
account”
buyrug‘i orqali ro‘yxatdan o‘tiladi.
2.
“Home”
bo‘limi orqali saytning bosh sahifasiga o‘tish mumkin
(2)
.
3.
“Trending”
bo‘limida ayni vaqtda eng mashhur videoroliklarni ko‘rish mumkin
(3)
.
4. Qidiruv maydoni orqali tarmoqda mavjud videoroliklarni qidirish mumkin. Buning uchun kalit
so‘z maydonga kiritiladi va qidiruv tugmachasi bosiladi
(4)
.
“History”
bo‘limi orqali tarmoqda ko‘rilgan videoroliklar tarixini ko‘rib chiqish mumkin
(5)
.
YouTube
katta hajmdagi video fayllar jamlangan sayt hisoblanadi. Tizimdan professional
videolavhalardan tortib, havaskorlar videolarini hamda videoblogerlar materiallarini topish
mumkin. YouTube sayti yordamida kanal ochib, u orqali biznes loyihalarni yuritish mumkin.
YouTube sayti Steve Chen, Chad Hurley, Jawed Karim tomonidan amalga oshirilgan loyiha
bo‘lib, 2005-yil 14-fevralda ro‘yxatdan o‘tgan.
DIQQAT
|