A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
8-informatika

10-
dars
. SMM ASOSIDA TADQIQOT LOYIHALARINI BOSHQARISH. 
TELEGRAM TARMOG‘IDA KANAL OCHISH
Telegram tarmog‘i maqsadli auditoriyani jalb etish, kengaytirish uchun samarali 
va mashhur platforma hisoblanadi. Telegram tarmog‘idagi kanal kontentlarni 
bir shaxsdan ko‘pchilikka uzatish vositasi bo‘lib, barcha kontentlar bir vaqtning 
o‘zida kanal a’zolariga bitta manbadan yuboriladi. Foydalanuvchilar kanalga 
a’zo bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan yuborilayotgan tematik tarkibni olishi mumkin. 
Kontentlarni nashr qilish huquqi faqat administratorga tegishlidir. Telegram kanallari qiziqarli 
kontentdan birga foydalanish va maqsadga yo‘naltirilgan tadqiqot loyihalarini amalga oshirish 
kabi g‘oyalarni ko‘zlagan holda yaratiladi. Kanalni korporativ blog deb faraz qiling: muallif uslubini 
qidiring, eksklyuziv tarkib yarating va plagiatdan qoching.
10-dars. SMM ASOSIDA TADQIQOT LOYIHALARINI 
BOSHQARISH. TELEGRAM TARMOG‘IDA KANAL 
OCHISH
Telegram tarmog‘ida kanal yaratish
1. Telegram desktop (kompyuterlar uchun): oynaning chap qismidagi uchta chiziqni
(1)
bosib, 
New channel
(Yangi kanal yaratish) 
(2)
bo‘limi tanlanadi. 
Android: chatlar ro‘yxati ochiladi, uchta chiziq orqali 
“New channel”
tanlanadi.
iOS: 
“Chats”
bo‘limining o‘ng yuqori qismidagi yangi xabar ikonkasi bosiladi va 
“New channel”
tanlanadi.
1
2
3
4
5
6
7


34
II BOB. 
SMM LOYIHALARI BILAN ISHLASH
Telegram tarmog‘ida kanal bilan ishlash
1. Kanalga kelayotgan xabarlar bildirishnomasini o‘chirib qo‘yish 
mumkin
(1)

2. Kanalga logotip o‘rnatish, administratorlarni belgilash kabi 
sozlashlarni amalga oshirish uchun 
Manage channel
ko‘rsatmasi 
tanlanadi. 
3. Kanalga foydalanuvchilarni qo‘shish uchun 
Add members
bo‘limi 
tanlanadi 
(3)
.
4. Kanalda turli so‘rovnomalarni tashkil etish uchun 
Create Poll
bo‘limidan foydalaniladi. Buning uchun savol va javoblarning variantlari 
hamda sozlash qismida so‘rovnomaning turi ko‘rsatiladi 
(4)
.

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin