11-
dars
. CMS (CONTENT MANAGEMENT SYSTEMS —
KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
Har bir CMS o‘z xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli imkoniyatlarga ega.
Shu sababli, kompaniya ehtiyojlarini qanoatlantiradigan CMS platformani tanlash vaqtida
uning keng tarqalganligi, narxi bilan bir qatorda quyidagi xususiyatlariga ham e’tibor qaratish
lozim:
himoyalanganligi;
elementlarni qayta o‘zgartirish imkoniyatining mavjudligi;
funksiyalar to‘plami va imkoniyatlari;
sarlavha, metateglar va reklama uchun muhim bo‘lgan boshqa ma’lumotlar bilan ishlashda
qulayligi;
sahifalar va semantik URLlar uchun maxsus nomlarni yaratish qobiliyati;
ish unumdorligi;
xatolarni to‘g‘rilash qobiliyati;
sayt xaritasini qo‘llab-quvvatlashi;
sahifalarni qo‘shish va o‘chirishning qulayligi.
ESLAB QOLING
1. Kontent boshqaruv tizimlari nima?
2. Kontent boshqaruv tizimlari nima maqsadda qo‘llaniladi?
3. CMSning afzalliklari nimalardan iborat?
4. CMSda qanday kamchiliklar mavjud?
5. Shablon nima?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
Shablon asosida ishlashi.
CMSlar turli moslashuvchanlikka ega bo‘lishiga qaramay,
shablonlar to‘plamidan tashkil topadi. CMSlarning ba’zilarida shablonlar to‘plami kengroq,
u yerdan xohlagan g‘oyaga mos dizayn va tuzilmani topish mumkin. Ba’zilarida esa
shablonlar to‘plami kamligi bois, ijodiy g‘oyani amalga oshirish qiyinchilik tug‘dirishi
mumkin.
Nostandart funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus saytlar yaratishning mushkulligi.
Ammo
bunday saytlar maxsus kompaniyalar yoki IT-mutaxassislar tomonidan yaratilishi mumkin.
40
III BOB.
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
12
-dars.
CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
Oxirgi o‘n yillikda zamonaviy saytlar oddiy saytlarga nisbatan
ancha ilgarilab ketdi. Zamonaviy saytlar bejirim dizayn va
puxta o‘ylangan reklama usullaridan tashqari, takrorlash
qiyin bo‘lgan qat’iy funksiyalarni o‘z ichiga olgan sahifalar
to‘plamidan iborat. Shu sababli, aksariyat foydalanuvchilar
turli funksiyalarga ega zamonaviy saytni “nol”dan yozishdan
ko‘ra, ommalashgan CMS platformalardan foydalanishni
ma’qul ko‘radi.
BUNI BILASIZMI?
CMS platformalari qanday imkoniyatlarga ega bo‘lishi
lozim?
CMS platformalarida qanday ishlash mumkin?
CMS platformalarida yaratilgan qanday saytlarni bilasiz?
DIQQAT
O‘zini yoki mahsulotini internet orqali reklama qilmoqchi bo‘lgan kompaniyalarning o‘z
shaxsiy sayti bo‘lishi zarur. Professional mutaxassislar guruhiga ega ixtisoslashgan
firmalardan farqli ravishda, aksariyat tashkilotlarda shaxsiy sayt yaratish uchun
mutaxassislar yetishmaydi. Shu sababli, ular standart funksiyalar to‘plamiga ega CMS
platformalardan foydalanadilar. CMS platformalar sayt tarkibini materiallar bilan to‘ldirish,
ularni o‘zgartirish va resurslarni boshqarish, yangi sahifalar yaratish, sayt ko‘rinishi, dizaynini
optimallashtirish va uning tarkibini yaxshilash imkoniyatlarini beradi.
Saytning ko‘pfunksionalligi, imkoniyatlari, foydalanuvchi uchun qulayligi CMS platformaga
bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan platforma saytni muvaffaqiyatli yaratish, reklama qilish bilan bir
qatorda, mijozga zavqli, ishonchli va talab darajasida ishlash imkonini beradi.
TAYANCH
TUSHUNCHALAR
Yopiq kodli platforma
—
shifrlangan dasturiy ta’minot.
Uning tarkibini ko‘rib chiqish,
tahrirlash, o‘zgartirish,
unga qo‘shimchalar kiritish
mumkin emas.
Plugin
(plagin) — dasturiy
ta’minot uchun qo‘shimcha
ilova. U dastur imkoniyatlarini
kengaytirish uchun xizmat
qiladi.
CMS platformalar ikki guruhga bo‘linadi:
—
ochiq kodli (bepul tarqatiladigan)
, foydalanuvchi tomonidan ichki kodining o‘zgartirilishiga
ruxsat beriladigan tizimlar:
WordPress, Joomla, Drupal, Typo3, OpenCart, Serendipity, Dotclear,
ImpressPages, Chamilo, Magento, PrestaShop;
—
yopiq kodli (tijorat maqsadida tarqatiladigan)
, foydalanuvchi tomonidan ichki kodining
o‘zgartirilishiga ruxsat berilmaydigan tizimlar:
Shopify, 1С-Битрикс, CS-cart, DataLife Engine,
BigCommerce , Shop-Script.
|