A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
8-informatika

12-
dars
. CMS PLATFORMALARI BILAN TANISHISH
CMS platformalar vazifasiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi: 

yuqori ixtisoslashgan.
Bu tizimlar alohida imkoniyatlarga ega bo‘lib, maxsus belgilangan 
vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan platformalar (masalan, internet do‘konlarini tashkil etish: 
bepul — 
OpenCart, Magento
va b., tijorat maqsadida tarqatiladigan, ya’ni pullik — 
BigCommerce, 
Shop-Script 
va b.);

universal
. Turli vazifalarni hal etishga mo‘ljallangan platformalar (masalan, 
WordPress, 
Joomla, Typo3
).
WORDPRESS PLATFORMASI
WordPress
(https://wordpress.org/) dastlab bloglar yaratishga 
mo‘ljallangan dunyoga mashhur platforma bo‘lib, hozir uning 
imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Platformadan foydalanish 
juda oson, ixtiyoriy saytni plaginlar va tayyor shablonlar 
(minglab turlari mavjud) asosida xohlagan ko‘rinishda 
sozlash mumkin. Platforma tarkibini boshqaruvchi muharrir 
qismi yordamida sayt tuzilmasini yaratish va tahrirlash
foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.


42
III BOB. 
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
Joomla
(https://www.joomla.org/) — o‘ta sodda, maxsus bilim talab qilmaydigan, sayt yaratishni 
boshlovchilar uchun mo‘ljallangan bepul tizim turi. Joomla matnli kontentga asoslanmagan 
web-sayt yaratish uchun mo‘ljallangan, “maxsus xabar turlarini”, ya’ni ma’lum vaqt ochiq turishi 
lozim bo‘lgan xabar turlarini boshqarish imkonini beruvchi platforma. Shuningdek, platforma 
foydalanuvchilarga boshqarish uchun juda ko‘p funksiyalarni taklif etadi. Platforma tarkibida ko‘p 
tilli qo‘llab-quvvatlash imkoniyati mavjud bo‘lib, sayt tillarini qo‘shish uchun plaginlar o‘rnatish 
(WordPress kabi) shart emas. Platforma bir vaqtning o‘zida turli kontentlar uchun bir necha 
shablon yoki mavzulardan foydalanish imkonini beradi.
JOOMLA PLATFORMASI
DRUPAL PLATFORMASI
Drupal
(https://www.drupal.org/) — to‘liq sayt yaratish uchun 
o‘zida barcha elementlarni qamrab olgan, ko‘pfunksional, 
nisbatan sekin ishlovchi platforma. Drupal ham Joomla 
kabi “maxsus xabar turlari” bilan ishlashga moslashuvchan 
platforma. Platforma foydalanuvchilarni hamda ko‘p tilli saytlarni 
boshqarish imkoniyatiga ega. Shuningdek, mazkur platforma 
WordPress va Joomlaga nisbatan xavfsizroq platforma 
hisoblanadi.


43

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin