A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
8-informatika

18-
dars
. WEB-SAYT TARKIBI BILAN ISHLASH
5
6
8
9
1
10
13
2
3
4
7
11
12
19
-dars

AMALIY ISH.
1. Saytning maqsadi, vazifalari, sahifa nomlari hamda sahifada taqdim etilishi lozim 
bo‘lgan kontent turlarini shakllantiring.
2. Sayt uchun sahifalar kiriting.
3. Sayt sahifalarini turli kontentlar bilan to‘ldiring.
4. Web-sayt uchun menyular yarating, ular tuzilmasini shakllantiring. Sayt mavzusidan 
kelib chiqqan holda sahifalar yarating va ularga nom bering.
5. Menyularning web-saytdagi joylashuvini belgilang.
AMALIY TOPSHIRIQ
1. Sahifa saytga qanday kiritiladi?
2. Mediakontent nima?
3. Sayt sahifalarini o‘zgartirish mumkinmi?
4. Menyu nima va u saytning qaysi qismlarida uchrashi mumkin?
5. Menyu elementlari nima maqsadda ishlatiladi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
WORDPRESSDA WEB-SAYT TARKIBI BILAN ISHLASH


58
III BOB. 
CMS — KONTENTNI BOSHQARUV TIZIMLARI
World Wide Web yaratuvchisi Tim Berners Li
Tim Berners Li (Timothy John «Tim» Berners-Lee) 1955-yil 8-iyunda 
Londonda tug‘ilgan. Uning ota-onasi Konvey Berners Li va Meri Li 
Vuds matematik olimlar bo‘lib, dastlabki kompyuterlardan biri — 
«Manchester Mark I»ni yaratish ustida izlanishlar olib borishgan.
Tim 12 yoshida Vendsvord shahridagi xususiy maktabga o‘qishga 
kiradi. Maktabni tugatgach, Oksforddagi kollejga hujjat topshiradi. 
Kunlardan birida kollejda o‘qib yurgan Tim monitor o‘rniga oddiy 
televizor, klaviatura o‘rniga esa buzilgan kalkulyatordan foydalanib, M6800 protsessori ishlash 
prinsipiga asoslangan uy kompyuterini yig‘adi.
1976-yilda Berners Li Oksford universitetida fizika mutaxassisligi bo‘iycha o‘qishni tamomlaydi 
va mehnat faoliyatini Plessey Telecommunications Ltd korxonasida boshlaydi. Keyinchalik 
u CERN kompaniyasida tizim arxitektori lavozimida ishlaydi va ilmiy faoliyatida foydalanish 
maqsadida ma’lumotlar yig‘ish uchun kengaytirilgan tizim ishlab chiqadi. 1981-yildan 
1984-yilga qadar u Image Computer Systems Ltd kompaniyasida faoliyat yuritadi. 
1984-yilda Tim CERN kompaniyasiga qaytadi va “FASTBUS” tizimi ustida ish olib boradi. 
Faoliyatining bu bosqichida ma’lumotlarni qidirish, ko‘p funksional platformalararo tizimlar yaratish 
ustida ish olib boradi. Yangi dasturning asosiy vazifasi gipermurojaatlar orqali aloqa o‘rnata 
oladigan gipermatnli hujjatlar bilan ishlashdan iborat edi. Natija ma’lumotni qidirish, uni tizimga 
solish va saqlashni sezilarli darajada osonlashtirdi. Dastlab loyiha CERN kompaniyasi ichki 
tarmog‘ida tadqiqot natijalarini saqlovchi ma’lumotlar ombori yoki zamonaviy kutubxona sifatida 
xizmat qilgan. Shuningdek, ichki tarmoqda WWW ulangan har qanday kompyuterda saqlangan 
ma’lumotlarga kirish va ularni yuklab olish mumkin edi. Keyinchalik, 1989-yilda “World Wide Web” 
nomli katta loyiha ma’qullanadi va amalga oshiriladi. 1990-yilda CERN kompaniyasining xodimlari 
Tim Berners Li tomonidan NeXTStep muhitida yozilgan birinchi «web-server» va «web-
brauzer»ga ega bo‘lishdi. 1991-yilda Yevropa dunyoni zabt etgan WWW loyihasi orqali okeanni 
oshib o‘tib, Amerika qit’asi internet tarmog‘iga ulanadi.
1991-yil 6-avgustda Tim Berners Li dunyodagi ilk web-sayt (info.cern.ch)ni yaratdi. Saytda 
WWW nima ekanligi, web-serverni qanday o‘rnatish, brauzerni qanday olish va hokazolar 
haqida yozilgan. Ushbu sayt dunyodagi birinchi Internet katalog edi, keyinchalik Tim Berners 
Li u yerdagi boshqa saytlarga havolalar ro‘yxatini ham e’lon qildi.
QIZIQARLI FAKT


IV BOB. 
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
O‘QUV MAQSADI
Bu bobda:
LMS haqida tushunchaga ega bo‘lasiz 
va:
LMSning ishlash prinsipi;
LMSning afzallik va kamchiliklari;
LMSning turlari;
LMS platformalari haqida bilib olasiz.
KO‘NIKMA
Bob yakunida Siz:
LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish;
LMS platformasida kursni tanlash;
LMS platformasida kurs materiallarini o‘qish;
LMS platformasi kurs materiallarini ko‘chirib olish;
LMS platformasida online va offline topshiriqlarni 
bajarish;
LMS platformasida kurs foydalanuvchilari va kurs 
yaratuvchisi bilan onlayn muloqot olib borish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.
VOSITALAR
Moodle;
Google Classrom


60

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin