A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


IV BOB.  LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
8-informatika

IV BOB. 
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
20
-dars
. LMS (LEARNING MANAGEMENT SYSTEMS — 
TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI) HAQIDA
LMS INTERFEYSI
Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi internet orqali masofadan 
o‘qish imkoniyatini kengaytirib yubordi. Masofadan turib onlayn 
o‘qish ta’lim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. 
Bunda o‘quvchi mustaqil tarzda ta’lim oladi, bilimlarni 
o‘zlashtiradi, o‘z-o‘zini nazorat qiladi, mustaqil fikrlaydi va xulosa 
chiqaradi. Ta’lim jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish 
uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar (LMS – Learning 
management systems)dan foydalaniladi.
Masofaviy o‘qish 
— zamonaviy axborot-kommunikatsiya va 
raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi. U o‘quvchiga 
ma’lum standartlar, ta’lim qonun-qoidalari asosida o‘qituvchi bilan 
muloqot olib borish hamda xohlagan vaqtida, istalgan joydan 
turib mustaqil ravishda shug‘ullanish imkoniyatini ta’minlaydi. 
O‘qituvchi uchun esa maxsus axborot muhiti yordamida o‘z o‘quv 
materiallarini o‘quvchiga taqdim etish va o‘quvchilarning o‘zlashtirishini masofadan turib kuzatib 
borish imkoniyatini yaratadi.
BUNI BILASIZMI?
LMS nima, u haqida nimalarni bilasiz? 
LMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
Administrator
— 
tizimda ishlash va uni 
boshqarish uchun keng 
huquqlarga ega bo‘lgan 
mutaxassis – xodim.
Chat
— axborot 
almashish real vaqtda 
olib boriladigan 
internetdagi muloqot.
Forum
— sayt orqali 
muloqot olib borish 
shakli. Forumda 
suhbatlar foydalanuvchi 
yoki administrator 
tomonidan kiritilgan 
mavzu asosida olib 
boriladi.
DIQQAT
Ta’lim boshqaruv tizimlari (LMS 

learning management systems)
— bilim olish 
faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma’ruza 
materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida 
ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta’lim shakli.
Learning
— o‘qitish. LMS yordamida elektron kurs yoki o‘quv materiallarining yagona bazasini 
yaratish mumkin. Bunday baza mavzu bo‘yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir. 
Management
— boshqaruv. Ta’limni administrator (yoki kursni tashkil etuvchi o‘qituvchi) 
boshqarib boradi. U o‘quvchilar uchun kurs, topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy 
vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.


61

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin