IV BOB.
LMS — TA’LIMNI BOSHQARUV TIZIMLARI
ma’lumotlar tashkilot yoki ta’lim muassasasi server kompyuterida saqlanadi. Buning uchun
esa LMSni o‘rnatish, sozlash, uning tashkilot yoki ta’lim muassasasi dasturiy ta’minotlari bilan
integratsiyasini ta’minlash lozim. Asosan, ta’lim muassasalari va o‘quv markazlarida foydalaniladi.
Serverga asoslangan LMSlar: Moodle, BlackBoard, Canvas, Absorb LMS va boshqalar.
CMS bilan integratsiyalashgan LMS
larda LMS funksiyalarini bajaruvchi maxsus dasturlar CMSga
qo‘shiladi va CMSning imkoniyatlarini kengaytirib beradi. CMSning tarkibida alohida o‘quv kurslar
bilan ishlovchi qism xizmat qiladi. Bunday tizimlar onlayn maktab va kurs ochishni xohlovchilar uchun
qulay hisoblanadi.
CMS bilan integratsiyalashgan LMSlar: LearnDash (wordpress), joomla, drupal, wix.
Schoology
(https://www.schoology.com/) — ta’lim
muassasalari uchun mo‘ljallangan bulutli LMS. Schoology
Google Drive, Microsoft OneDrive, Blackboard Collaborate,
Moodle, PowerSchool, Evernote va YouTube bilan birlasha oladi.
Shuningdek, u maktab ma’lumotlari tizimi bilan sinxronlashadi.
O‘qituvchilarga o‘quvchilar bilan o‘quv materiallari va topshiriqlar
yuzasidan fikr almashish hamda o‘quvchilar va ularning ota-
onalari bilan uyushgan holda aloqa o‘rnatish imkoniyatini
beradi.
LMS INTERFEYSI
65
21-
dars
. LMS PLATFORMALARINING TURLARI VA VAZIFALARI
iSpring Learn
(https://www.ispringsolutions.com/ispring-
learn) platformasi ta’lim muassasalari va kompaniyalarda
kadrlar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan. Biroq ayni paytda
amalda asosiy mijozlari sifatida ta’lim muassasalari faoliyat
yuritmoqda. Platformaning ma’ruza muharriri bo‘limi
yordamida modul va uning materiallari (matnli, audio, video,
taqdimot, simulyator, topshiriq, test va b.) kiritiladi. Hisobotlar
bo‘limi yordamida foydalanuvchilar faoliyati hamda o‘zlashtirish
natijalari tahlili va statistikasini yuritish mumkin.
|