A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


V BOB.  MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
8-informatika

V BOB. 
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR
Bepul onlayn ta’lim.
MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki shartli bepul degan 
ma’noni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, kursda o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun 
mablag‘ talab etilmaydi. Agar mablag‘ talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari 
kunduzgi ta’lim xarajatlaridek ko‘p bo‘lmaydi.
Zamonaviy mutaxassisliklar.
Hozirgi texnika asrida mehnat bozori jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan va davr sinovidan o‘tgan 
mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish 
talab qilinar edi. Onlayn rejimda tashkil etilgan kurslar esa mehnat bozorida kechayotgan 
o‘zgarishlarni yashin tezligida ilg‘ab olmoqda va aynan bugungi kun talabiga javob beruvchi 
mutaxassisni tayyorlash uchun o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etmoqda. 
Dunyoning eng yaxshi o‘qituvchilari.
Onlayn ta’lim dunyoning eng nufuzli universitetlarining 
yuqori malakali va tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Masofaviy kursning har bir 
o‘quvchisi kurs o‘qituvchisi bilan shaxsan onlayn suhbatlashish imkoniyatiga ega.
Materiallarni tizimli taqdim etish.
Zamonaviy texnika vositalari yordamida materiallar 
optimallashtiriladi hamda oson va qulay shaklda taqdim etiladi. Qisqa videolar uzun 
ma’ruzalarga nisbatan o‘quvchilar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilganligi sababli, barcha 
mavzular kichik videolardan tashkil topgan. Matnli ma’ruzalar esa o‘zlashtirish oson bo‘lgan 
qisqa bo‘laklarga bo‘linadi. Eng muhimi, metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ 
sarflanmaydi. 
Onlayn ta’limning aralash shakli.
Masofadan o‘qitish jarayoni xilma-xil materiallardan 
foydalanishni ham o‘z ichiga oladi. MOOC masofaviy o‘qitish kurslari faqatgina videolar 
bilan cheklanib qolmaydi, balki ulardan turli manbalarga yo‘naltiruvchi qo‘shimcha 
murojaatlar: matnli hujjatlar, audiofayllar, ijtimoiy tarmoqlar va forumlardagi muhokamalar 
ham joy olgan. Bunday tizim materialni o‘zlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, balki 
o‘quvchilarning ma’lumot oqimini boshqarish va zarur bilimlarni mustaqil ravishda olish 
qobiliyatini ham rivojlantiradi. 
Erkin dars jadvali.
Har bir kurs vaqt bilan cheklangan bo‘lib, o‘quvchi o‘ziga qulay dars 
jadvalini tuzib olishi mumkin. Videodarslarni keyinroq ko‘rish yoki tushunish qiyin bo‘lgan 
darslarni qayta ko‘rib chiqish mumkin. Uy vazifasi ham ixtiyoriy vaqt oralig‘ida va ixtiyoriy 
sur’atda bajarilishi mumkin.
Interfaollik.
Juda ko‘p onlayn kurslarda o‘quvchilar bilan teskari aloqa o‘rnatishning imkoni 
bo‘lmaydi. Ulardan farqli ravishda, MOOC platformalari kurs o‘qituvchisi hamda boshqa 
o‘quvchilar bilan aloqa qilish uchun ko‘plab aloqa kanallarini taqdim etadi.
MOOCNING AFZALLIKLARI


79

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin