A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


V BOB.  MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
8-informatika

V BOB. 
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR
1
2
2
3
4
5
6
7
1. Khan Academy platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun qaysi ma’lumotlar 
talab etiladi ?
2. https://uz.khanacademy.org/ manzili orqali qaysi loyihani ishga tushirish mumkin?
3. https://xanakademiyasi.uz/ manzili mavjudmi? Bu qanday loyiha?
4. Khan Academy platformasi kim tomonidan yaratilgan?
5. Khan Academy platformasida maktab fanlari bo‘yicha kurslar ham mavjudmi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
4. Ushbu oynada mavzuning tarkibi, ya’ni ma’ruza materiallari 
(4)
, videodarslar 
(5)
va bilimni tekshirish 
uchun mashqlar 
(6)
berilgan.
5. Har bir bo‘lim o‘zlashtirib bo‘linganidan keyin, oraliq test topshiriladi 
(7)
. So‘ngra tizim keyingi 
bo‘limga o‘tish uchun ruxsat beradi. 


91
31-
dars
. AMALIY ISH. 
31
-dars

AMALIY ISH.
1. Khan Academyning o‘zbek tiliga mahalliylashtirilgan loyihasiga kiring 
(https://uz.khanacademy.org/ manzili orqali).
2. O‘zingizga yoqqan biron-bir kursni tanlang. Kurs tarkibi qancha bo‘lim va mavzudan 
iborat ekanligini ko‘zdan kechiring.
3. Har bir bo‘limda berilgan o‘quv materiallari, videodarslar, amaliy topshiriqlar va nazorat 
testlari bilan tanishib chiqing.
4. Bo‘lim tarkibidagi bitta mavzuni tanlab olib, ma’ruza materiali, videodarslarni ko‘rib 
chiqing. 
5. Mavzuni mustahkamlash uchun mashqni bajaring.
6. Bo‘lim bo‘yicha berilgan oraliq testni topshiring.
AMALIY TOPSHIRIQ
KHAN ACADEMY PLATFORMASIDA TA’LIM OLISH


92
V BOB. 
MOOC — OMMAVIY OCHIQ ONLAYN KURSLAR
Khan Academy asoschisi Salmon Xon 
Xon akademiyasi (Khan Academy) МООС platformasi asoschisi 
Salmon Xon sharafiga shunday nomlangan. Salmon Xon Yangi Orlean 
(AQSH)da tug‘ilib, voyaga yetgan. U 4 ta: Massachusets texnologiyalar 
institutida olgan matematika bo‘yicha, elektr texnikasi va kompyuter 
fanlari bo‘yicha bakalavr, kompyuter fanlari bo‘yicha magistr hamda 
Garvard biznes maktabida olgan BAM akademik darajasiga ega. 
2004-yilda Salmon Xon tahlilchi lavozimida faoliyat yuritar ekan, 
boshqa shtatda istiqomat qiluvchi jiyani Nadiyaga masofadan turib 
matematikani o‘rgatishni boshlaydi. Jiyani o‘lchov birliklarini tarjima qilishning uddasidan 
chiqa olmaganligi sababli, unga mavzu bo‘yicha chuqurlashtirilgan kursni o‘rgatish qiyin 
kechadi. Nadiya Yangi Orleanda, Salmon esa Bostonda yashar, shuning uchun ular telefon 
orqali muloqot qilishar, grafik va formulalarni esa Yahoo Doodle hamkorlik bloknotida chizib 
o‘rganishar edi. Dars jarayoniga Nadiyaning ikki aka-ukasi va boshqa oila a’zolari ham 
qo‘shiladi. Hammasi bilan telefon orqali muloqot olib borish juda ko‘p vaqt talab qilar edi. 
Vaziyatdan oson chiqish uchun Salmon mavzu bo‘yicha bir necha videoni yozib oladi va 
2006-yilda ularni YouTubega joylashtiradi. Oddiy va tushunarli izohlar tufayli videolarning 
mashhurligi kundan-kunga ortib boradi, jarayon esa kamtargina tahlilchi Salmonning 
xobbisiga aylanadi. 
Vaqt o‘tar ekan, video ko‘ruvchilar auditoriyasi ham kengaya boradi. Foydalanuvchilar video 
ostida o‘zlarining fikrlarini qoldira boshlaydilar. Bolalar va ularning ota-onalaridan tinimsiz 
kelayotgan minnatdorchilik maktublari va ularning tilaklari Salmonning fikri va maqsadini 
keskin o‘zgartirib yuboradi. U o‘zi uchun muhim qaror qabul qiladi: tahlilchilik faoliyatini to‘xtatib, 
butun vaqtini yanada ko‘proq va qiziqarliroq o‘quv video roliklarini yaratishga bag‘ishlaydi. 
Bir yilga yetmasdan, notijorat ta’lim tashkiloti tomonidan Xon loyihasiga ilk daromad kelib 
tushadi. Hozirda Xon akademiyasi Google va Microsoft singari yirik kompaniyalar tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanmoqda, loyihani kengaytirish va o‘quv materiallarini ingliz tilidan boshqa 
tillarga tarjima qilish uchun guruhlar tuzilib, ularda ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda.
2015-yilda yirik telekommunikatsiya kompaniyalaridan biri AT&T yangi Xon akademiyasi 
uchun mobil platforma va ilovalar ishlab chiqishga 2,25 mln dollar mablag‘ ajratadi. 
Nisbatan qisqa vaqt ichida Salmon Xon o‘zining darslariga dunyo bo‘yicha millionlab bolalar 
va kattalarni jalb qila oldi. Hozirda u dunyodagi eng mashhur iqtidorli o‘qituvchilardan biridir.
QIZIQARLI FAKT


VI BOB. WEB-FREELANCE—INTERNET 
ORQALI DAROMAD OLISH 
O‘QUV MAQSADI
Bu bobda:
Freelance haqida tushunchaga ega 
bo‘lasiz va:
Freelancer faoliyati;
Freelancening afzalliklari vа 
kamchiliklari;
Freelance saytlari;
Freelance saytlaridan eng samaralisini 
tanlab olish haqida bilib olasiz.
KO‘NIKMA
Bob yakunida Siz:
Freelancer faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Freelance saytlari bilan ishlash;
Freelance saytlarida ro‘yxatdan o‘tish;
Freelance saytlarida portfolio yaratish;
Freelance saytlarida o‘z xizmatlarini sotish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz.
VOSITALAR
Fiverr. 
Upwork.
Freelancer.com


94

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin