A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis


VI BOB. WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77
8-informatika

VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
32
-dars
. WEB-FREELANCE HAQIDA TUSHUNCHA
So‘nggi paytlarda “freelance” so‘zi juda ommalashib bormoqda. 
Internet tizimlari orqali daromad topishni xohlovchi odam bu 
so‘zni bir marotaba bo‘lsa ham eshitgan. U holda, freelance so‘zi 
nimani anglatadi? 
Freelance internet orqali daromad olishni boshlash uchun 
eng qulay yo‘l. Birinchidan, uni boshlash uchun hech qanday 
boshlang‘ich mablag‘ talab etilmaydi, ikkinchidan, har qanday 
freelance xizmati uchun dunyo miqyosida talabning yuqoriligi. 
Bunday holat uni boshqa internet orqali daromad keltiradigan 
ishlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Freelancerlar, asosan, norasmiy ravishda faoliyat yuritishadi va o‘z xizmatlariga xaridorlarni 
o‘zlari izlab topishadi yoki buyurtmachilar taklifiga ko‘ra mehnat qilishadi. Bir paytning o‘zida 
bir necha buyurtmachi bilan hamkorlik qilishi ham mumkin. Biror korxona ro‘yxatida rasman 
hisobda turmaydi. Freelancerlikning ustunlik jihati — bu dunyoning istalgan joyidan turib istalgan 
mamlakatdagi loyiha bo‘yicha haq evaziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligidir. 
Bunda ish beruvchi uchun ishchining qayerda faoliyat yuritishining mutlaqo ahamiyati yo‘q. 
Turli shahar, mamlakat, hatto qit’alarda yashayotgan odamlar ham hech bir moneliksiz mehnat 
munosabatlariga kirishishlari mumkin. 
Internetning butun jahon bo‘yicha keng rivojlanishi freelancerlik faoliyatining ommalashishiga 
sababchi bo‘ldi. Hozirda internet orqali masofadan turib ishlash bilan daromad topadigan 
freelancerlarning barqaror qatlami paydo bo‘ldi. Ularga oddiy ishlardan tortib yuksak bilim, 
malaka talab etiladigan ishlar bo‘yicha talab va ehtiyoj ortib bormoqda. 
BUNI BILASIZMI?
Freelance deganda nimani tushunasiz?
Freelancerlar kimlar? 
CMSning qanday imkoniyatlari mavjud?
DIQQAT
Freelancer
(ingl. 
free
– erkin; 
lancer
– nayza) — erkin ishchi 
bo‘lib, asosan, bir martalik yoki mavsumiy xizmatlarni 
bajarish uchun yollangan, buyurtma asosida qandaydir 
ish yoki xizmatni kelishilgan haq evaziga belgilangan vaqt 
davomida amalga oshirib beruvchi shaxs.
TAYANCH 
TUSHUNCHALAR
Copyrighter (kopiray-
ter)
— reklama 
bo‘yicha yangi g‘oyalar 
o‘ylab topuvchi 
hamda reklama yoki 
marketingning boshqa 
shakllari matnini 
tuzuvchi shaxs.
SEO mutaxassis 
(ingl. search engine 
optimization — qidiruv 
tizimini optimallash-
tirish) — qidiruv 
tizimlarida internet 
sahifalarni targ‘ib 
qiluvchi mutaxassis.
3D model
— obyektning 
haqiqiy ko‘rinishiga 
o‘xshash xayoliy uch 
o‘lchamli raqamli tasviri. 


95

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin