A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77
8-informatika

34-
dars
. AMALIY ISH. 
1. Internet orqali freelancerlik bilan shug‘ullanish uchun nimalarni bilish kerak?
2. Internet orqali bugungi kunda qaysi ishlarni bajara oladigan freelancerlarga talab eng 
yuqori darajada? 
3. Qanday xizmat turini taklif qilib, freelancerlik bilan shug‘ullanish mumkin?
4. Internet orqali tushgan mablag‘ qayerdan olinadi?
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
34
-dars

AMALIY ISH.
1. Qidiruv tizimi yordamida bugungi kunda reytingi yuqori freelance saytlarni izlab 
toping (kalit so‘z: Best Freelance Websites, Top Freelance Websites).
2. Freelance saytlarning rasmiy saytiga kirib, ular haqida ma’lumot to‘plang.
3. Freelance saytlarida ro‘yxatdan o‘ting va imkoniyatlari bilan tanishing.
4. Freelance saytlarning qiyosiy tahlilini olib boring. Qiyosiy tahlilda boshqa xususiyatlarni 
ham hisobga olishingiz mumkin.
5. Olingan natijalar asosida taqdimot tayyorlang va namoyish qiling.
6. https://hirelancer.uz/ frilans birja saytida rо‘yxatdan о‘ting. 
7. Frilanserlar, Buyurtmalar va Buyurtma qо‘shish bо‘limlari bilan tanishib chiqing.
AMALIY TOPSHIRIQ
FIVERR, UPWORK, FREELANCER, HIRELANCER SAYTLARI BILAN ISHLASH


104
VI BOB.
WEB-FREELANCER — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
Apple asoschisi Stiv Jobs 
Amerikalik mashhur muhandis, olim, tadbirkor Stiv Jobsni shaxsiy 
kompyuterlarning yaratilishiga turtki bergan inson sifatida yaxshi 
bilamiz. Shuningdek, u mobil qurilmalar ichida yetakchilik qilgan yirik 
“Apple” kompaniyasining asoschisi hisoblanadi. Qolaversa, Stiv Jobs 
dunyoning eng badavlat insonlari qatoridan joy olgan shaxs sifatida 
ham tan olinadi.
Stiv Jobs 16 yoshida tadbirlarning birida Stiven Voznyak bilan tanishib 
qoladi. Ikkala shaxs ham kompyuter va elektronika sohasiga qiziqqani 
bois, do‘stlashib ketadilar. Do‘stlar barcha bilim va kuch-g‘ayratlarini 
jamlab, zamonaviy kompyuterni ixtiro qilish bo‘yicha reja tuza boshlaydilar.
Stiv Jobs o‘qishni tamomlagach, kompyuter o‘yinlari ishlab chiqaradigan Atapi kompaniyasiga 
oddiy texnik bo‘lib ishga kiradi. Voznyak esa platadan shaxsiy kompyuterlarni yaratish va uni 
takomillashtirish bo‘yicha katta loyihani boshlab yuboradi. G‘oya amalga osha boshlagach, 
do‘sti Jobsni hamkorlikka chaqiradi. Ular birgalikda kompyuter ishlab chiqaradigan firmaga 
asos solishadi. Dastlabki kompyuterlar juda oddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, elektron harf terish 
mashinasiga o‘xshab ketardi. Nihoyat, ko‘p yillik izlanishlar natijasida 1976-yili Voznyak o‘ylab 
topgan platadan tayyorlangan kompyuterlar rang hamda tovushlar bilan boyitildi. Stiv Jobs 
ham qurilmani rivojlantirish ishlariga katta hissa qo‘shadi. Shunday qilib, afsonaga aylangan 
Apple dunyoga keladi.
Stiv Jobsning o‘ziga xos fazilati shunda ediki, u hech qachon qilinadigan ishlarni vaqt hukmiga 
tashlab qo‘ymas, harakat va izlanishdan to‘xtamasdi. Yangi asrning shiddat bilan rivojlanishiga 
hamohang tarzda yangi imkoniyatlarga ega, jihozlangan qurilmalar ishlab chiqara boshladi. 
iTunes mediaplayer, iPod musiqali player, iPhone sensor ekranli mobil telefoni, iPad internet-
plansheti shular jumlasidandir.
QIZIQARLI FAKT
Jamoa.
Stiv jamoasiz hech narsaga erishib bо‘lmaydi, deb hisoblar edi. Kо‘pchilik bо‘lganda, 
ishtirokchilarning salbiy sifatlari namoyon bо‘lmaydi, aksincha, ular о‘zaro yaxshi sifatlari bilan 
о‘rtoqlashadi. 
Ozgina-yu sozgina.
Stiv diqqatini kamroq ish, maqsad va natijalarga qaratishni afzal kо‘rgan. 
Mahsulot emas, orzular savdosi.
Shu sababli Apple mahsulotlari alohida maqomga ega. 
О‘z hayoting bilan yasha.
Jobsning hayotini kuzatar ekansiz, u inson faqat va faqat о‘zi yoqtirgan 
ishi bilan shug‘ullanganini, qiziqmagan ishini qilgandan kо‘ra, och yurishni ma’qul kо‘rganini 
anglash mumkin.
Ijodiy yondashuv. 
Jobs ham hazil-mutoyibaga, ijodiy fikrlash qobiliyatiga ega shaxs. Original 
jumla va g‘oyalar unga yо‘l-yо‘lakay kelar edi. Shuning uchun ham bolalarda mantiqiy fikrlashdan 
tashqari mavhum, ya’ni ijodiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantirish juda muhim. Aynan shu narsa 
muvaffaqiyat kalitlaridan biridir.
Stiv Jobsning muvaffaqiyati sirlari:


105

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin