A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

D
-yo‘lga ajratilgan 
doimiy mintaqa chegarasi; V-yo‘lga ajratilgan vaqtinchalik mintaqa chegarasi;
O’-o‘simlik gruntining tiklangan qatlami 
Keyingi yillarda yo‘l poyining mustahkamligini oshirish va ko‘tarmaning 
hajmini kamaytirish uchun armaturalangan yo‘l poyi tuzilmasi qo‘llanmoqda. 
Birinchi marotaba bunday ko‘tarmalar Fransiyada yon qiyalikni oshirish 
hisobiga yo‘l egallab turgan yer polosasini kamaytirish maqsadida qurilgan. 
Keyinchalik, bunday tuzilmalar kutilgan samaradan tashqari, gruntlarning 
elastiklik modulini 1,5 - 2 marotaba oshirishi ma'lum bo‘ldi. Armaturalash 
shisha tola yoki yupqa mato va mato bo‘lmagan sintetik materiallarni yo‘l 
o‘qiga perpendikulyar yotqizib amalga oshiriladi. 


34 
Yo’l poyining mustahkamligini oshirishning samarali usullaridan biri uni 
qurishda mustahkamroq materialni qo‘llashdir. Gruntning mustahkamligini 
oshirishda faolligi kam bo’lgan turli qovushqoq materiallar (kul, maydalangan 
shlak, boksitli shlam va bosh.) dan foydalaniladi. Bo‘sh gruntlarning 
mustahkamligini boshqa grunt qo‘shib va donadorligi bo‘yicha muqobil 
aralashma tayyorlab ham oshirish mumkin. Gruntga biroz sement yoki ohak 
qo‘shilsa, uning suvga qarshiligi bir necha marotaba oshadi. Gruntni 
mustahkamligini oshirish uchun namligi va zichlashish darajasini o‘zgartirish 
ham mumkin.
Yo‘l poyining mustahkamligi, ishlash sharoitiga ko’ra mos tuzilmasini 
tanlash, mustahkam bo‘lgan gruntlarni qo‘llash, uni namlanishdan yoki 
muzlashdan himoya qilish bilan ta'minlanadi. Uning mustahkamligi ko‘p 
hollarda texnologik ko‘rsatkichlarga, ulardan asosiysi-gruntlarning kerakli 
zichlash darajasini ta'minlashga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, gruntlarning zichligi 
qancha yuqori bo‘lsa, mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi (mos ravishda 
ma'lum namlikda). 
Yo‘l poyining mustahkamligi boshqa omillarga, xususan, har xil 
gruntlarning joylashishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Mustahkamligi ko‘proq 
gruntlarni uni yuqori qismiga joylashtirish kerak. Yo‘l poyida gruntlar fizik 
holatiga qarab bir hil hajmiy og‘irlikda bo‘lishi lozim. Bu, asosan, gruntlarning 
zichligi va namligi bo‘yicha bir xilligi bilan belgilanadi. Yo‘l poyining bir 
xilligini oshirish ularning ishonchliligini oshirishga olib keladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin