A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Yo‘l poyi gruntlariga qo‘yiladigan talab



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

2.2 Yo‘l poyi gruntlariga qo‘yiladigan talab.
Gruntlarni yaxshilash usullari 
 
Ko‘tarma qurish uchun ishlatiladigan gruntlar to‘rtta asosiy guruhga 
bo‘linadi: tabiiy-butun yoki yoriqli massivini maydalash yo‘li bilan olinadigan 
qoyaning tog‘ jinslari; tabiiy sharoitda allyuvial va delyuvial yotqiziq shaklida 


35 
yotuvchi yirik donali; qumli; gilli. Ular o‘z navbatida har bir guruh turi va 
alohida tavsifi bo‘yicha tasniflanadi. 
Yo‘l poyi uchun yaroqliligi jihatidan suv ta'sirida uzoq bo‘lgan qoyaning 
tog‘ gruntlari yoki jinslarining yumshashiga qarab quyidagi ifoda bo‘yicha 
bo‘lish qabul qilingan: 
C
B
R
R
P
/

, (2.1) 
bu yerda: 
R
B
- suvga to‘yingan holatda siqilishga mustahkamlik chegarasi;
R
C
- havoda, quruq holatda, siqilishga mustahkamlik chegarasi.
Agar 
R
>0,75 bo‘lsa, tog‘ jinsi suvda yumshamaydigan turiga, agar 
R
<0,75 
bo‘lsa - yumshaydigan turiga mansub bo‘ladi. 
Yirik donali va qumli gruntlar o‘z navbatida donadorlik tarkibiga ko’ra, 
gilli gruntlar esa SHNQ larga asosan donadorlik tarkibiga va plastikligiga ko’ra 
bo‘linadi. Gruntlarning alohida turlariga: il, iold gili, lyosslar, mergellar, trepel, 
talkli va bo‘r davri gillari, sho‘rlangan gruntlar va boshqa turlar kiradi.
Ko‘tarmalarni qurish uchun, asosan, tabiiy omillar ta'sirida holati 
o‘zgarmaydigan yoki kam o‘zgaradigan gruntlarni qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir, chunki yo‘l poyida ularning mustahkamligi va turg‘unligiga suv 
deyarli ta'sir qilmaydi. Bunday gruntlarga: yumshamaydigan tog‘ jinslari, yirik 
donali, qumli (mayda va changlidan tashqari), yengil va yirik supeslar 
ta'lluqlidir. Yo‘l poyini qurishda bunday gruntlarning miqdori chegaralanmaydi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, gilli, mayda va changli gruntlar, yumshaydigan 
tog‘ jinslari, gruntlarning alohida turlaridan yo‘l poyini qurishda uchun 
foydalaniladi, ammo ularni qo‘llashda bir qancha cheklanishlarni hisobga olish 
kerak. 
Bunday gruntlarni qo‘llash ehtimolligi va maqsadga muvofiqligi joy 
sharoitiga va texnik-iqtisodiy solishtirishga bog‘liq ravishda aniqlanadi. 
Masalan, mergelli, slanetsli va yog‘li gillar, bo‘r davri talklari va trepellarini 
ko‘tarma qurish uchun yaxshi sharoit bo‘lgan, ya'ni quruq joylarda qo‘llash 


36 
mumkin. Gidrogeologik sharoiti yaxshi bo‘lmagan, grunt suvlari sathi yuqori 
bo‘lgan yoki yuza suvlari uzoq muddat turadigan yo‘l bo‘laklarida: daryo 
poymasida, past qismida bunday gruntlardan faqat ko‘tarmaning yuqori qismi 
uchun foydalanish mumkin. 
Uzoq vaqt suv turadigan yoki bosadigan ko‘tarmaning pastki qismi uchun 
tog‘ jinslari yoki yirik donali gruntlar, yirik yoki o‘rta kattalikdagi qumlar, 
shuningdek, gil donalari og‘irligi bo‘yicha 6 % dan oshmaydigan yengil yirik 
supeslarni ham qo‘llash mumkin.
Ko‘tarmalarni qurish uchun quyidagi gruntlar: gilli o‘ta sho‘rlangan; 
namligi ruxsat etilgandan ortiq gillar; gil yoki organik modda aralashmasi 
bo’lgan torf, gil, mayda qum va gilli gruntlar; katta miqdorda o‘simlik ildizi 
bo‘lgan yuqori qatlam tuproqlari; nam asosdagi ko‘tarmalar uchun va suv uzoq 
turib qolishi mumkin bo‘lgan yo‘l bo‘lagida talkli, pirofilinli gruntlar va 
trepellar; tarkibida me'yordan ortiq gips bo‘lganlardan foydalanmagan ma’qul. 
Tabiiy holda xosil bo‘luvchi gruntlardan tashqari, ko‘tarmalar uchun 
sa'noat chiqindilari: kul-shlak materiallari, tog‘-kon sa'noati chiqindilari va 
boshqalarni ham qo‘llash mumkin.
Ko‘tarmalar o‘ymani o‘yishdan chiqqan, grunt karyerlaridan va yon 
rezervlardan olingan gruntlardan quriladi. Ko‘tarma uchun talab qilinadigan 
kerakli gruntlar hajmi: 
1
K
V
V
K
T

, (2.2) 
bu yerda:
V
K
- quriladigan ko‘tarmani hajmi, m
3

K
l
- nisbiy zichlashtirish 
koeffitsienti, uni quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:
Т
К
K


/
1

, (2.3) 
bu yerda: 
δ
K
- ko‘tarmadagi (talab qilingan) grunt hajmi, g/sm
3

δ
T
- tabiiy 
holatdagi (karyerda, o‘ymada yoki rezervda) gruntning zichligi, g/sm
3

Odatda, ko‘tarmalarni bir xil gruntlardan qurish lozim, zarur bo’lganda, 
har xil gruntlardan ham qurish mumkin bo‘ladi, ammo bu grunlarni alohida 


37 
gorizontal shaklda yotqiziladi. Ko‘tarmaning yuqori qismiga (1,0-1,5m) yaxshi, 
mustahkamroq gruntlarni ishlatish kerak, chunki ko‘tarmaning bu qismi tabiiy 
omillar va transport vositalari ta'siriga ko‘proq uchraydi. Ko‘tarmaga tartibsiz 
gruntlarni to‘kish taqiqlanadi, chunki namlikning tarqalishi va iqlim omillari 
ta'sirida bunday gruntlar tarkibining fizik xossasi o‘zgarishi bir tekis bo‘lmaydi. 
Natijada gruntlar muzlab ko‘pchiganda ravonligi buziladi, eriganda yo‘l 
to‘shamasi asosida mustahkamligi tekis bo‘lmagan qatlam xosil bo‘ladi, bu o‘z 
navbatida ravonlikning kamayishiga yoki yo‘l to‘shamasining buzilishiga olib 
keladi. 
Ko‘tarmaning yuqori qatlamiga suv oqimi kelishini to‘xtatish uchun, 
uning ostki qismiga drenajlaydigan grunt to‘kishda grunt qatlamining qalinligi 
uning kapillyar ko‘tarilish balandligidan katta bo‘lishi kerak.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin