49
Yo‘l mintaqasining kengligi, suriladigan tuproq qatlamining qalinligi va
qo‘llanayotgan buldozerning kuchiga bog‘liq holda ishni har xil chizma asosida
olib boriladi.
O‘simlik grunti vaqtinchalik yo‘lga ajratilgan
mintaqadan tashqariga
yotqiziladi yoki mahsulot beruvchi tuproq qatlami sifatida ishlatiladigan joyga
olib boriladi. Vaqtinchalik ag’dargichlar yo‘lga ajratilgan hududning chetiga
yoki shu maqsadda ajratilgan maxsus maydonlarga joylashtiriladi.
Yerning
rekultivatsiyasi yoki mahsulot beradigan qatlamdan qurilish jarayonida qisman
buzilgan yoki umuman buzilgan joylarda foydalaniladi. Bunday joylarga,
birinchi galda, vaqtinchalik yo‘llar
egallagan joylar, yo‘l mashinalari to‘xtab
turadigan joylar, gruntli, qumli yoki shag’alli karyerlar, yon rezervlar kiradi.
Yerlarni tiklash ishlari ikki bosqichda olib boriladi: texnik va biologik.
Birinchi bosqich buzilgan hududlarni tartibga keltirishdan iborat: maydonlarni
tekislash va rejalashtirish;
qiyalikni kamaytirish; mahsuldor qatlamni yoyish.
Ikkinchi bosqichda qayta ishlashni to‘g‘ri tashkil qilib, tuproq qatlamini
kultivatsiyalab va ma'lum qayta ekish bilan yerning mahsuldorligi va strukturasi
tiklanadi. Ikkinchi bosqichdagi ishlarni yerdan foydalanuvchilar bajaradilar.
Yer maydonlaridan keyinchalik foydalanish
maqsadida tiklanayotgan
yerning chegaralovchi qiyaligi, mahsuldor tuproqli qatlamning minimal
qalinligi, shamol va suv erroziyasiga qarshi mustahkamlashning kerakligi, suvni
olib
ketishni tashkil qilish, qirg‘oqlarni tiklash kabi talablar aniqlanadi. Yerlar,
odatda, har xil qishloq xo‘jalik ekinlari daraxtlari ekish va suv havzalari uchun
mo‘ljallangan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: