102
katok yoki gruntlarni zichlashtiruvchi boshqa mashina bilan ko‘tarmaning
tabiiy asosini zichlashtirish;
yumshatgich bilan qatlamlab, gruntni kavlash davomida o‘yma yoki
karyerda gruntni bo‘shatish (agar grunt zich bo‘lsa);
o‘ymada yoki grunt karyerida itargich qo‘llab skreperdan foydalanish,
ko‘tarmaga tashish va loyihada keltirilgan qalinlikda yoyish;
ko’tarmada gruntni avtogreyder bilan qatlamlab tekislash;
katok yoki boshqa gruntlarni zichlashtiruvchi mashina bilan ko‘tarma
gruntini qatlamlab zichlashtirish;
ko’tarmaning yuqori qismini, ko‘tarma va o‘ymaning yon qiyaligini
tekislash.
Tekislash uchun, yon qiyalikning qiyaligi va qiymatiga bog‘liq xolda
buldozerlar, avtogreyderlar, teleskopli qulochli yoki maxsus qurilmali
ekskavatorlar qo‘llanadi.
Ko‘rsatilgan asosiy texnologik jarayonlardan tashqari, yerli yo‘llarni
qurish va saqlash, mustahkamlash uchun o‘simlik qatlamini yon qiyalikka
surish yoki o‘simlik qishloq xo‘jalik joylariga - yerni rekultivatsiyasi uchun
surish ishlari bajariladi.
Dostları ilə paylaş: