A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

mineral materiallarni 
ularning kon joyidan
 
boshlab (qoyali va g’ovak 
tog’ jinslari), sanoat mahsulotlari (shlak va sh.k.) va chiqindilari (dumlar, 
flyuslar va sh.k.)ni, shuningdek, yo’l to’shamalari, ko’priklar, quvurlar, bino 
va sh.k.lar qurilishida asosiy material hisoblanadigan yarim tayyor 
mahsulotlarni (chaqiq toshli, shag’alli va shlakli) keng o’rganish. Bu 
materiallarning tuzilishi, chidamliligi, tabiiy mustahkamligini o’rganish 
asosida ularni sinash va baholash usullari, shuningdek, yo’l qurilishida 
qo’llaniladigan me’yorlar, standartlar va texnik qoidalar ishlab chiqilgan; 
organik boglovchilar 
(bitumlar, saqichlar, emulsiyalar, bitumli 
jinslar)ni, shuningdek, ularning xususiyatlarini yaxshilovchi yuzaki-faol va 
boshqa kimyoviy moddalar, smola va polimer materiallarni batafsil tadqiq 
qilish. Mahalliy neft navlari va ulardan olinadigan organik bog’lovchilarni 
o’rganish asosida qurilishda foydalanishga mo’ljallangan standartlar va texnik 
shartlar ishlab chiqilgan. Bu organik bog’lovchilarni qo’llagan holda turli 
qoplama va asoslarni qurish texnologiyasini ishlab chiqishga hamda kerakli 
texnik qoidalarni o’rnatishga imkon berdi; 
kapital turdagi qoplamalarning 
boshqa turlari bilan taqqoslaganda 
MDH da eng ko’p qo’llangan asfaltbeton qoplamalarni qurish texnologiyasini 
tadqiq etish. Bu qoplamalarni tegishli standartlar va texnik qoidalarda 
belgilanganidek, ularning texnologik xossalarini hisobga olgan holda har xil 
aralashmalardan (issiq, iliq va sovuq) qurish usullarini ishlab chiqishga imkon 
berdi. Biroq, asfaltbetonning xususiyatlari va asfaltbeton qoplamalarning 
ishlash sharoitidagi o’zgarishlari sababli ularni qurish qoidalarini aniq 


15 
tugallangan deb hisoblash noto’g’ri, asfaltbeton va uning mamlakatning turli 
xududlaridagi yo’l koplamalaridagi holatini tadqiq qilish va o’rganishda davom 
etish zarur; 
noorganik bog’lovchilarga oid tadqiqotni davom ettirish, yangi turdagi 
sementlar va kimyoviy qo’shimchalarni (sovuqqa qarshi, plastifikatsiyalovchi 
va sh.k.) yaratish, ular xizmat muddati katta bo’lgan sementbetonlarni 
yaratishga imkon beradi. Bu esa yuqori unumdorlikdagi avtomatlashtirilgan 
mashinalar komplektlarini qo’llagan holda sementbeton qoplamalarni 
qurishning yangi usullarini ishlab chiqish, qoplamalarni past havo haroratida 
qurish imkonini beradi. Tobora ortib borayotgan organik boglovchilar 
tanqisligini hisobga olgan holda eng mustahkam va eng og’ir yuklarni ko’tara 
oladigan sementbeton qoplamalar qurilishida erishilgan yutuqlar yaqin 
kelajakda sementbeton qoplamalar yanada kengroq qo’llaniladi deb 
hisoblashga imkon bermoqda; 
asfaltbeton va sementbeton zavodlarini, bitum va emulsiya bazalarini 
tashkillashtirish hamda qurishning, mineral materiallar konlarini ishlash va 
kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, ilg’or ish texnologiyasi 
va robotlashtirish imkoniyatlari asosida kerakli yarim tayyor mahsulotlarni 
olish uchun ularni qayta ishlashning andozaviy loyihalarini ishlab chiqish; 
yo’l mashinasozligining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, mashina- 
robotlarni yaratish; 
ishlar sifatini avtomatlashtirilgan mashinalarning aniqligiga mos 
keladigan aniqlikda nazorat qilish uchun elektron va radioelektron asboblarni 
yaratish. Radioizotoplardan foydalangan holda yo’l poyi tuproqlari va yo’l 
to’shamalari materiallarining zichligini aniqlash, yo’l poyining harorat va 
namlik rejimini baholash uchun asboblar yaratilgan. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin