A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Ekskavator bilan ishlaganda



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Ekskavator bilan ishlaganda: 
-
ekskavatorlarning ko‘chma tayanchlari gorizontal tekislikka mustahkam 
o‘rnatilmaguncha grunt qazish ishlarini boshlash taqiqlanadi; 
-
ekskavatorning o‘qi (strela) va cho‘michi tagida, ekskavator va transport 
vositalari orasida, kavlanayotgan joyda va ish olib borilayotgan joydan 15 m 
gacha bo‘lgan masofada odamlar bo‘lmasligi kerak; 
-
ishlash vaqtida transport vositalarini shunday joylashtirish kerakki, 
ekskavatorning cho‘michi mashinaning kabinasi ustidan emas, balki 
mashinaning orqasidan yoki yonidan o‘tishi kerak; 
-
ekskavatorning cho‘michi to‘ldirilgan holatda yurishi taqiqlanadi.
Avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ta'mirlashda atrof-muhitga ta'sir 
ko‘rsatishni baholash va shu bilan birga xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish 
sanitariyasi me'yoriy hujjatlarining talablarini bajarish shart. 
Avtomobil yo‘lini ta'mirlash ishlarini olib borishda atrof-muhitni 
muhofaza qilish chora-tadbirlari ko’rilishi zarur. Ishlab chiqarishda, texnologik 
yechimlarni 
qabul 
qilishda 
atrof-muhitga 
zarar 
yetkazmaslik, 
tabiat 
muvozanatini buzmaslik, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarning 
o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olish lozim.
Ta'mirlash ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya 
me'yorlariga, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning 
ruxsat etilgan me'yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga 
zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo‘q qilish va o‘ta kamaytirishni 
ko‘zlash zarur. 


162 
Transport oqimi shovqini sanitariya me'yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l 
atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta'sirni kamaytirish maqsadida yo‘l 
bo‘yida tashqi salbiy ta'sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya 
mintaqasi yaratish kerak. 
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish 
olib borish ma'qul. Yo‘lni qurish vaqtida, agar yo‘l qimmatli unumdor yerlardan 
o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan yerning unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz 
yerlarga tashib chiqariladi.
Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, 
chang-to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga 
teskari tomondan ish olib boriladi 
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektr 
stansiyalaridan chiqqan qoldiq mahsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, 
fosforit qoldiqlarining atrof-muhitga ta'sirini hisobga olib, agar ta'siri kam 
bo‘lsa, ular tavsiya etiladi.
Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi 
va ularning xavfsizligi ta'minlanadi. 
Avtomobil yo‘lini ta'mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik 
oqibatlarni kamaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
-
yo‘l poyini qurishda ishlatiladigan gruntning changlanishiga yo’l 
qo’ymaslik zarur; 
-
toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar 
(ohak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar) tushib ketishiga yo‘l 
qo‘ymaslik zarur; 
-
sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta'sirida ularni 
changlanishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim; 
-
qurilishda ishlatiladigan mahsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga 
e'tibor berilishi kerak:
a) qurilish mahsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaslik. 


163 
b) yoqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik 
v) yo‘l poyidan suvni chetlatish chora-tadbirlarini ko‘rish; 
-
aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga 
ishlatiladigan mahsulotlarni tashishda yo‘lni saqlash ishlarini bajarish (yo‘lga 
suv sepish, tekislab turish kabi).
-
yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta'minlash 
darajasida qirqish; 
-
vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda rel'yefni qayta tiklash ishlarini 
amalga oshirish.
Elektr uzatish tarmoqlari qoplama yuzasidan quyidagicha vertikal 
masofada bo‘lishi kerak:
6 m - 1 kv gacha
7 m - 110 kv 
7,5 m - 115 kv 
8 m - 220 kv
8,5 m - 330 kv 
9 m - 500 kv 
16 m - 750 kv 
Elektr uzatish tarmoqlari ustunlarining yo‘l ko‘tarmasi chetidan uzoqligi 
quyidagicha:
I-II toifali yo‘llarda:
5 m - 220 kv gacha 
10 m - 330-500 kv 
Qolgan toifadagi yo‘llarda: 
1,5 m - 20 kv gacha 
2,5 m - 35-220 kv 
5 m - 330-500 kv 


164 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin