FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
TEXNOLOGIK TA’LIM YO’NALISHI
22/28 A-GURUH TALABASI: MIRZAAHMEDOVA XURSANXONNING
MAHSULOT TAYYORLASH FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
O'G'IL BOLALAR KO’YLAGI TANLANGAN FASON ASOSIDA MODELLASHTIRISH
REJA:
1. O'g'il bolalar kiyimlari uchun fason tanlash
2. Bolalar modasi
3. Maktab yoshidagi bolalar kiyimi
Bolalar modasi, palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgacha tarbiya yoshigacha bo‘lgan davrdagi psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. Istiqlol tufayli bugungi kunda nafaqat Respublikamizda, balki chet ellarda ham xaridorgir bo‘layotgan o‘zbek liboslari o‘ziga xos ko‘rinish kasb etmoqda. Jahon andozalariga mos ravishda ishlab chiqarilayotgan bunday mahsulotlarga talab kundan-kunga ortib bormoqda .
Ishlab chiqarish mobaynida qiz bolalar kiyimi uchun alohida, o‘g‘il bolalar kiyimi uchun esa alohida bezak elementlaridan foydalaniladi. Bunda bolaning zerikib qolmasligi uchun kontrast ranglardan foydalanishga, kiyimning imkoniyat darajasida ular uchun qiziqarli bo’lishiga va ularning dunyoqarashiga mos rasmlarni tanlanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Uch yoshli bolaning dunyoqarashi keng bo‘ladi. Uni tabiat bilan bog‘liq rasmlar qiziqtiradi va bola ko‘proq yorqin ranglarga talpinadi. Ularga libos tikayotgan korxona chevarlari ko‘proq matolarning sariq, qizil, yashil kabi yorqin ranglilarini tanlashadi. Qiz bolalar ko‘proq mato rangiga va guliga e’tibor berishadi. Shu bois, ularning liboslarida ko‘proq gul, kapalak, daraxt, quyosh rasmlarini, o‘g‘il bolalar kiyimlarida esa futbol to‘pi, mashina yoki turli hayvonlarning, multfilm qahramonlarini tasvirlovchi rasmlar qo‘yib tikish ayni paytda dolzarb sanaladi. Bunda bolaning yoshiga qarab kichkina yoki kattaroq rasm tanlanadi.
Bolalar modasi ham kattalarnikidan qolishmaydi. Shu sababli ham, jahonning mashhur dizaynerlari, turli uslub va ranglar uyg’unlashuvini sinab ko’rishni taklif qilishmoqda. Kattalarnikiga xos jiddiylik, oddiylik bola kiyimlarida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Ushbu mavsumda ikki qarama-qarshi holatdagi tendensiyalar va ranglar uyg’unligini ko’rishimiz mum kin. Bir tomondan bolalar libosida qora, oq, kulrang ranglardan foydalanish keng ommalashdi va ustunlikni qo’lga oldi. Bu esa, bolalarning yorqin ranglar va qo’shimcha bezak, detallarga burkangan moda olamida butunlay yangi burilish yasadi.
Bolalar kiyimlaridan namuna Ayni paytda bolalar garderobi kattalarnikdan also qolishmaydi, bugungi kunda ularning garderobida ichki, ustki, bel va bosh kiyimlarning bir necha variantlarini topish mumkin.
Bolalar garderobidagi ust kiyimlar: palto, plashch, trenchkot, kurtka, bomber, shuba, balero, borsovka, tolstovka, pidjak, jemper, nimcha va chopondan iborat.
B olalar ust kiyimlari: trenchkot, plashch, kurtka Bolalar garderobida kundalik va bashang ko’ylak, bluzka, kofta, tunika, futbolkalar ham muhim joy olgan.
Bel kiyimlari jumlasiga esa yubka, shim, shorti, kapri, lozim, lasina, gomaj, legensi va kolgotkalar kiradi.
Bolalar kostyumida muhim va boyituvchi kiyimlardan yana biri bosh kiyimlardir. Ular sirasiga shapka, kepi, ushanka, telpak, shlyapa, beretka, gnomik, shlyapka va qalpoqlar kiradi(1.3-rasm).
Bolalar bosh kiyimlari: shlyapka, shapka, ushanka. Bolalar oyoq kiyimlari bosonojka, batilyon, botinka, etik, nim etik, tufli, krosovkadan iborat.
Quyida bolalar kiyimlarini yosh aspektlari bo’yicha tahlilini o’tkazamiz.
Chaqaloqlar kiyimi. Bun o’sish davriga bir yoshgacha bo’lgan bolalar kiradi. Ularning boshi katta, qo’llari uzun boladi. Bolaning bosh aylanasi ko’krak aylanasiga teng. Bu yoshdagi bolalar 6-8 oy vaqtini krovatda otkazadi, shuning uchun ularga oddiy, yengil, yaxshi yuviladigan va oson dazmollanadigan, shu bilan birga, oz xususiyatini yo’qotmaydigan kiyim kerak. Chaqaloqning birinchi kiyimi yaktakcha, ustki kiyim, bosh kiyim va ishton. Bu kiyimlarning yaxshi tomoni shundaki, u erkin, oddiy bichimli, kam ishlov beriladigan va oson bezaladi. Yaktakcha qorinning pastki qismigacha davom etadi, bola o'tirishni boshlaganda, unga ishton kiydiriladi. Chaqaloqning ustki kiyimi yengil, issiq, yengsiz, kapyushonli, etagi kengaygan, odatda erkin, bosh kiyim ham bo'shroq boladi. Gazlamalar esa paxta tolali bo’lishi shart.
Yasli yoshidagi bolalar kiyimi. 1-3 yoshda bolalar tez o'sadilar, gavda tuzilishi nisbatlari o'zgaradi, bosh va tana o'lchamlari 1:4 nisbatda boladi. Bu davrda bolalar yura boshlaydilar, ko'p harakatlanadilar, shuning uchun kiyimlari erkin harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak. Qiz bolalar kiyimlarining asosiy shakli trapetsiyamon, yelka kamaridan boshlab kengaygan, koketkali yoki koketkasiz bo'lishi mum kin. O'g'il bolalar kiyimlari esa to'g'ri shakllari bilan xarakterlanadi. Shimlari ko'pincha kalta, shakli tog'ri yoki pochasiga qarab salgina toraygan bo'lib, koylaklar, puloverlar va kurtkalar bilan mos tushadi.
Qiz bolalar garderobi uzun tungi ko'ylak yoki pajama koylaklar , fartuklar, nimchalar, sarafan, bluzka va shim, kurtka, palto va kombinezondan iborat. O’g’il bolalar garderobi tungi kiyim yoki pajama, koylaklar yoki shimlar, kurtka, kombinezon va paltodan iborat. Kiyimlarni komplektlash yo'li bilan sonini kamaytirib, ishlatish variantlarini ko'paytirish mumkin. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlari sodda va ixcham bo'lishi bilan birga, alohida qismlarining shakli turli- tuman bo'lishi mumkin. Yenglari odatda uzun bo'lib, tog'ri yoki pastki qismida manjetli boladi. Yozgi kiyimlarning yenglari “qanotcha” yoki “fonarcha” ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ustki kiyimlarini modellashtirishda ko'pincha kapyushonli qilinsa, maqsadga muvofiq. Ustki kiyimlarning yana bir qulay turi bu kombinezon bo'lib, bola tanasini to'liq yopib turadi va bemalol harakatlanishini ta'minlaydi. Bu davrdagi bolalar kiyimlarining bezaklari turlicha bo'lishi mumkin, lekin bunda me'yorni saqlay bilish kerak. Yasli yoshidagi bolalar kiyimlarining badiiy obrazliligini hal qilishda tabiatning nozik ko'rinishlaridan, oqish va tiniq ranglardan foydalaniladi. Bunda materiallarning fakturasi va ranglarini o'zaro uyg'unlashtirish hisobiga erishish mumkin: momiq quyoncha, sap-sariq jo'jacha, qo'zichoq, nozik gullar va boshqalar bolalar kiyimlarini obrazliligini
ta'minlaydi.
Maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bolalikning bu davrida nima yaxshi- yu, nima yomonligi to'g'risida dastlabki tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Bolani o'rab turgan tevarak -atrofdagi barcha narsalar, shu jumladan, o'yinchoqlar, kiyimlar uning e'tiborini torta boshlaydi, tug'ilayotgan son- sanoqsiz savollarga javob qidira boshlaydi. Jismoniy jihatdan ham jadal rivojlanadi, tananing nisbatlari ham o'zgaradi, endi bosh va tananing nisbatlari 1:5 yoki 1:5:5ni tashkil etadi. Kiyim assortimenti avvalgicha qoladi, lekin shakllarning bo'linishlarida o'zgarishlar bo’ladi. Ko'ylaklarning kichkina koketkali, unchalik enli bo'lmagan qo'sh etaklar, plisse yoki taxlamalar bilan bezash mumkin. Kiyimning asosiy shakllari trapesiyamon va to'g'ri. Bolalar mustaqil ravishda kiyinib, yechinishlarini rag'batlantirish maqsadida qulay taqilmalar qilinadi, ular, albatta, kiyimning old qismida joylashishi kerak, tugmalar qulay shakl va o'lchamlarida bo'lib, soni ko'p bo'lmasligi kerak. Kiyimlarning old bo'laklari yorqin applikatsiyalar, kashtalar bilan bezatilishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimlari serbezak, shakllari erkin va yumshoq bo'lishi kerak. Ranglari yorqin va tiniq, detallari o'zaro proporsional, bezaklari ifodali bo'lgan kiyim nafaqat estetik, balki tarbiyaviy vazifalarni ham bajaradi.
Bolalar maktabga borishlari bilan ularda yangi majburiyatlar, mashg'ulotlar, yangi kun tartibi paydo boladi. Bu yerda ular ongli ravishda va reja asosida bilim olishni o'zlashtirib, yangi kollektiv hayotga moslashadilar. Jajji maktab hayotini hurmat qilishni o'rganadilar. Maktab o'quvchisining garderobiga maktab formasidan tashqari sport kostyumlari, mehnat darsi uchun ish fartuklari yoki xalatlar, uy yumushlari va o'ynash uchun kiyimlar, hamda bayramona liboslar kiradi.
8-10 yoshlarda bolaning qomati asta-sekin o'zgarib, suyaklari qotib, muskullar mustahkamlanib, oyoqlar uzunlashishi qomatga o'zgacha ko'rk bag'ishlaydi, qorinnning chiqqani yo'qolib, bel ko'zga tashlanib qoladi. 10 yoshlarda qomat o'zgarib, boshning balandligi tana uzunligiga ko'ra 1:6,5 ga teng bo'ladi. 7-8 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari, asosan, kengroq va badandan holiroq bo'ladi, shuningdek, 9-11 yoshdagi o'g'il bolalar kiyimlari uchun to'g'ri siluet xarakterlidir, uchburchak siluetni esa kurtka va ko'ylakchalarning pastki qismiga belbog'lar, qisqichlar hamda vitochkalar qo'yib, chiroyli holatga keltirish mumkin[8]. Bu yoshdagi bolalar o'zlarining bosh vaqtlarida jon deb hovlida sport o'yinlari bilan mashg'ul bo'ladilar, konkida, chang'ida uchadilar va h.k., shuning uchun kiyimning umumiy shakli erkin bo’lishi zarur. Liboslar uchun va uy kiyimlarini ham shu shaklga kiritish mumkin. Bu esa keng miqyosda foydalanish imkonini beradi. 7-8 yashar qizlarning kiyimlari to'g'ri siluetda, yoki bel chizig'idan pastga tomon kengaygan bo'ladi, 9-10 yoshda esa qomatga nisbatan sal kengroq bo'ladi, 7- 8 yoshdagi qizlarning ko'ylagi bel chizig'idan teparoqda, biroz tabiiy holatga yaqin qilib tikilgani ma'qul. 9-11 yoshli qizlarning kiyimi esa qomatga nisbatan kengroq bo'lib, turli vositalar yordamida pastga qarab kengayib boradi. Ko'ylak bel chizig'i bo'yicha kesmali bo'lishi ham mumkin, bunday tipdagi ko'ylakning old tomoni yaxlit bo'lib, bel chizig'i bo'yicha ortidan yoki yonidan kesma bo'ladi. Pastki qismi to'g'ri siluetda jemper va bluzkalarning kemasi esa bel chizig'idan birmuncha pastroqqa tushiriladi. Ko'ylakning bunday joyiga klapanlar, cho'ntaklar, plankalar, xlyastiklar qo'yiladi.
Dostları ilə paylaş: |