Mustahkamlash uchun savollar: Metodbirlashmalar qanday tashkil etiladi?
Metod birlashmalar faoliyatiga nimalar kiradi?
Ilg‘or tajribalar qanday ommalashtiriladi?
O‘qituvchining jamoaviy uslubiy ishlariga nimalar kiradi?
Ochiq dars qanday o‘tkaziladi?
14-Mavzu. Texnologiya ta’limi metodikasi fanidan kurs ishlarini tayyorlashga qо‘yiladigan talablar. Reja: 1.Kurs ishini bajarishdan maqsad va tuzilishi. 2.Kurs ishini bajarish yuzasidan kо‘rsatmalar. 3.Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalari. 4. Bitiruv malakaviy ishlarini amalga oshirishda tadqiqot metodlari. 1. Kurs ishi, uni yozishning maqsad va vazifalari, kurs ishini bajarish va himoya qilish strukturasi. Kurs ishi-oliy o‘quv yurtlari talabalari tomonidan o‘quv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professor-o‘qituvchilar rahbarligida talabalarda to‘plangan nazariy bilimdan muayyan masalani echishda mustaqil foydalanish ko‘nikmasini yoki mavzuni chuqur o‘rganish maqsadida bajariladi. Kurs ishi odatda, quyi kurslarda refyerativ, yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida o‘tkaziladi. Kurs ishi mavzui oliy o‘quv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.
Kurs ishi yozishning maqsad va vazifalari. “TFO’M” fanidan kurs ishini yozishdan maqsad talabalarda mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Bu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali ta’minlanadi:
- talabalarning ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim mobaynida olgan nazariy bilimlarini ma’lum bir mavzu yoki muammo bo‘yicha chuqurlashtirish;
- o‘quv va ilmiy adabiyotlardan mustaqil o‘rganish, axborot to‘plash tajribasini hosil qilish;
- pedagogik tahlil, jumladan, qiyosiy tahlil qilish, pedagogic-metodik jarayonlarni baholash hamda ilmiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kurs ishi ustida ishlash, shuningdek, talabalarni kelajakda bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilishga ham yordam byeradi.