62
resurslarni tejashni ham taqozo qilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu
masalaning tugal echimi bo‗la olmaydi. Negaki, energiya hosil qilishda
ishlatilayotgan tabiiy boyliklar zaxirasi cheklangan bo‗lib, qachondir uning
tugashi allaqachon isbotlangan. Ya‘ni hisob-kitoblarga qaraganda, ular
Shunday sur‘atda ishlatilsa, neft zaxiralari 45-50 yilga, tabiiy gaz 70-75
yilga, ko‗mir esa 150-160 yilga etar ekan, xolos. Achinarli jihati,
uglevodorod manbalaridan surunkali foydalanish oqibatida oxirgi yillarda
sayyoramizda iqlim o‗zgarishi, ozon qatlamining emirilishi kabi global
ekologik muammolar ham yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi dunyo
hamjamiyati oldiga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni
dolzarb masala sifatida qo‗ymoqda.
Dostları ilə paylaş: