A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


 Rasm. O‘zbekiston respublikasi xududida quyosh nuri



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə45/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

1.7. Rasm. O‘zbekiston respublikasi xududida quyosh nuri 
intensivligi kartasi. 



64
Toshkent


viloyatining
Parkent
tumanida
joylashgan,
ilmiy-
eksperimental markaz - Fanlar akademiyasi ―Fizika-Quyosh‖ ilmiy-ishlab
chiqarish birlashmasining faoliyati buning yaqqol tasdig‗idir. Bu yerda
issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past quvvatli qurilmalarni yaratish,
elektr energiyasi olish uchun fotoelektrik va termodinamik o‗zgartkichlar,
maxsus
materiallar
sintezi
texnologiyalari,
materiallar
va
konstruksiyalarga
termik
ishlov
berishda
quyosh
energiyasidan
foydalanish bo‗yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari
amalga oshirilmoqda. Uning natijalari esa mamlakat iqtisodiyotining turli
tarmoqlarida qo‗llanilmoqda. Shundan kelib chiqib, O‗zbekiston quyosh
energiyasi sohasidagi ilg‗or texnologiyalarni Markaziy Osiyoda tajriba
tariqasida joriy etishda amaliy makon sifatida xizmat qiladi, desak,
mubolag‗a bo‗lmaydi.
Yevropa fotoelektrik sanoati assotsiatsiyasi ma‘lumotiga qaraganda,
butun dunyoda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish sur‘ati muttasil
o‗sib bormoqda. Aytaylik, 2012 yilda jahon bo‗yicha umumiy quvvati 100
GVtga teng bo‗lgan fotoelektrik panellar o‗rnatilgan bo‗lsa, joriy yilning
o‗tgan o‗n oyi ichida 30 GVtli shunday qurilmalardan ham foydalanish
yo‗lga qo‗yildi. Gyermaniyada fotoelektrik stansiyadan olingan elektr
energiyasining narxini 0.07 AQSH dollarigacha kamaytirishga erishildi.
Mamlakatimizda esa, noan‘anaviy energiya resurslari, jumladan,
quyosh energiyasidan foydalanish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochib
berdi. Quyosh va biogaz energiyasidan foydalanish sohasidagi
eksperimental va amaliy tadqiqotlarni yanada chuqurlashtirish, bunda
muqobil manbalardan energiya hosil qilish bo‗yicha tajriba loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish, o‗zimizda tegishli uskunalarni,
butlovchi buyumlar va materiallarni ishlab chiqarish, ularga servis xizmati
ko‗rsatishni tashkil qilishga alohida e‘tibor qaratilgan. Shuningdek,
fotoelektrik panellar tayyorlash bo‗yicha loyihalar imtiyozli kreditlar bilan
moliyalashtirilishi,
quyosh
hamda
biogaz
energiyasini
ishlab
chiqaruvchilar va foydalanuvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berilishi
belgilab qo‗yilgan.



65
Quyosh energiyasidan sanoat ko‗lamida foydalanish uchun yuqori


texnologik ishlanmalarni amalga oshirish, quyosh energiyasi potensialini
ilg‗or va samarali texnologiyalar asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va
ijtimoiy sohada qo‗llash, shu jumladan, maxsus materiallarni sintez qilish
va ularga termik ishlov berish texnologiyalarini ishlab chiqish asosiy
vazifa hisoblanadi.
Quyosh elektr stansiyalari va suv isitish geliokollektorlarini barpo
etishda kremniy, gyermaniy, galliy arsenidi, kadmiy-tellur, galliy fosfidi
kabi yarimo‗tkazgich materiallaridan foydalaniladi. Bugungi kunda esa
kremniy asosida yaratilgan qurilmalar keng qo‗llanilayotgan bo‗lib,
ulardan 25-30 yil, hatto 35-40 yil davomida foydalanish mumkin.
Ana shu noyob sanoat xom ashyosi yurtimiz zaminida bisyor ekanligi,
keyingi yillarda u sanoat usulida ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga,
mamlakatimizda sohaga ixtisoslashtirilgan ―Eko-Energiya‖, ―Mir Solar‖,
―Intellekt Dialog‖, ―Chigatay invest‖, ―Solar Enyergy Products‖,
―Solar Plus‖, ―Hi-Tech Solar‖, ―Nova Engineyering‖ kabi o‗nlab
korxonalar faoliyat yuritayapti. Ularda elektr quvvati olish uchun kichik
quyosh stansiyalari, issiq suv va issiqlik ta‘minoti uchun past potensialli
qurilmalar, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xususan, quritish
uskunalari tayyorlanib, yurtimiz aholisiga yetkazib berilayapti.
Ma‘lumot o‗rnida shuni aytish joizki, fotoelektrik stansiyalardan
dastlabki bosqichda yurtimizning tog‗li va chekka qishloqlari aholisi
foydalangan bo‗lsa, keyingi bosqichda u ijtimoiy soha ob‘ektlari —
qishloq vrachlik punktlari, ta‘lim muassasalari, Mehribonlik uylarida
tatbiq qilindi. So‗ngra paxta tozalash zavodlari va punktlari, shuningdek,
sanoatning boshqa tarmoqlarida ham foydalanila boshlandi.
Mamlakatimizning geografik joylashuvi quyosh energiyasining katta
potensiali mavjudligini ta‘minlaydi. Kuzatishlar Respublikaning turli
mintaqalarida quyosh nuri bilan yoritish 2413-3095 soatni, radiatsiya
balalansi esa 1718-2722 MJ/kv.m ni tashkil etishini ko‗rsatadi . Quyosh
energiyasining yalpi potensiali shu davrgacha tadqiq etilgan qayta
tiklanuvchi energiya manbalari yalpi potensialining 99.97 % ni tashkil
etadi.



66
Shuning uchun dunyoda energiya tanqisligini yuzaga keltirmaslik


maqsadida energiyaning boshqa manbalari – yadro energiyasi, geotermal,
bug‗, samol, quyosh energiyasidan amaliy maqsadlar uchun foydalanishda
zamonaviy muqobil energiya manbalaridan va fotoelektrik stansiyalarini
barpo etish lozim. O‗zbekistonda quyosh energiyasini elektr energiyaga
aylantiruvchi muqobil energiya manbalarini yaratish, ilg‗or texnologik
g‗oyalarni amalga joriy etish va quyosh panellarini (quyosh
termobatareyalarini) o‗zimizda ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish hamda
innovatsion loyixalarni amalda qo‗llash zarur.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin