71
Biogaz – biomassa yoki organik maishiy chiqindilarning biologik
parchalanishi jarayonida hosil bo‘ladigan yonuvchi gazlarning aralashmasi
(texnik tarkibi: - 55-65% metan, 35-45% - karbonot akngidrid gazi, azot,
vodorod va oltingugurt vodorod aralashmasi).
Biogazni sanoatda olish
yo‘li, o‘tgan asrdan oldingi 1885 yilda ma`lum bo‘lgan. Dunyoda 8
mln.dan ortiq biogaz oluvchi qurilmalar mavjud.
Biomassa
— chiqindini yoqish natijasida olinadigan energiyadir.
Amalda biomassa bu — chiqindi. Qurigan daraxt yoki ularning shox-
shabbasi, tomorqadan poliz o‗simliklarining ildizpoyalari, yog‗och qobig‗i
va qirindilari kabilardir. Bunday chiqindilar tarkibi chorva fermalarida
ozuqa va to‗shama sifatida ishlatiladigan somon hamdir.
Biomassadan foydalanish juda oddiy.
Maxsus pechlar yoqilib,
qozonlarda suv isitiladi, bug‘ga aylantirib va elektr energiyasi olish uchun
tso‘minalar aylantiradi.
Biomassa energiyasi
—
biomassani chiqitga chiqarish, biogaz olish va
foydalanish energetikaning istiqbolli yo‗nalishi hisoblanadi. Biomassa
manbalariga qattiq maishiy, sanoat chiqindilari, shaharning loyqa va oqava
suvlari va chorvachilik, o‗simlik qoldiqlari, o‗rmon mahsulotlari, xususan,
yog‗och tayyorlash va jo‗natishda, yog‗och matyeriallari ishlab
chiqarishdagi, yog‗och, qog‗oz massalari va boshqa chiqindilar kiradi.
Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‗ra,
biomassadan olinadigan
energiya O‗zbekiston energetika ehtiyojining 15–19 %ni qonidira oladi.
Energiya ishlab chiqarishning bunday usuli, ma‘lum darajada atrof-
muhitni muhofaza qilish muammosini hal
etishda mamlakat qishloq
xo‗jaligini yuqori sifatli o‗g‗it bilan ta‘minlaydi. Biogaz uskunalari alohida
parranda fabrikalari va bo‗rdoqichilik, chorvachilik komplekslarida
sinovdan muvaffaqiyatli o‗tgan edi. Lekin hozircha keng tarqalmadi,
ommalashmadi. 1.9-rasmda biogaz ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlash
prinsipi va 1.6-jadvalda esa biogaz tarkibini ko‘rishimiz mumkin.