73
Biogaz
. Odamlar biogazdan 200 yildan beri foydalanib kelmoqdalar.
Elektr energiyasi paydo bo‗lgunga qadar Londonda
biogaz yer ostidagi
kanalizatsiyalardan olingan va maxsus gaz lampalarida ko‗chalarni
yoritishga foydalanilib, ko‗cha «gazli shoxi» deyilgan.
Qaysi xom ashyo turlaridan qancha miqdorda biogaz ajralib chiqishini
1.7 – jadvalda keltirilgan. Biogaz odatda karbonat angidrid (SO
2
)
va (SN
4
)
metan gazlari aralashmasidir. U havo va kislorod kirishi mumkin
bo‗lmagan holatda (kislorod bo‗lmasligi, «anayerob holati» deyiladi), turli
biologik mikroorganizmlar parchalanishidan hosil bo‗ladi.
Xashak bilan
oziqlanadigan hayvonlar,
jumladan, yirik va mayda shoxli mollar ko‗p
hajmda biogaz ishlab chiqaradi. Aniqrog‗i, hayvonlarning o‗zi emas,
ularning me‘da-ichak tizimida yashovchi mikroorganizmlar ishlab
chiqaradi.
Biogaz uskunalari har xil hajmda bo‗lishi va uy xo‗jaligida
har xil
hayvonlarning go‗ngidan foydalanish mumkin. Hozirgi paytda
O‗zbekistonda 9341
chorva fyermalari, 3,3 million dehqon, 66134
fyermyer xo‗jaliklari ishlab turibdi. Ularda 7,0 mln.
boshdan ortiq
qoramol, 24,6 ming bosh parranda, 92,7 ming bosh cho‗chqa, 14,0 mln.
bosh qo‗y-echkilar mavjud. Ko‗rinib
turibdiki, kelajakda biogaz
qurilmalaridan keng foydalanish uchun yetarlicha imkoniyat bor.
Biogaz, shuningdek, botqoqda va ko‗l tubida organik qoldiqlar, chirish
sharoitida ko‗p namlik va kislorod bo‗lmaganligidan ham paydo bo‗ladi.
Bundan tashqari, anaerob sharoitida yashash qobiliyati, metan hosil qilish
qobiliyatidagi mikroorganizmlarning boshqa xususiyatlarga ham ega. Ular
yog‗ochning asosiy ingredienti sellyulozani hazm qilishi mumkin. Bu
baktyeriyalarning yana bir xususiyati, tempyeratura, kislotali, suv hajmi va
boshqalarda yashash sharoitiga juda sezgir hisoblanadi.
Chiqindixonada biomassadan to‗g‗ridan-to‗g‗ri
biogaz olishda
foydalanilsa bo‗ladi. Chiqindi chirishi davomida metan gazi ajralib
chiqadi. Ular somalarda to‗planib, issiqlik elektr stansiyasiga yuboriladi, u
yerda aralashma tabiiy gaz bilan qo‗shilib,
elektr energiyasi ishlab
chiqarishda foydalaniladi.